Ritsa




Ritsa , Katta Ritsa — Kavkazning gʻarbiy qismidagi koʻl. Lashipse daryosi vodiysi (Abxaziya)da, Gagra tizmasidan sharkda, 950 m balandlikda. Maydoni 1,49 km², uz. 2,5 km, eng serbar joyi 1,05 km, oʻrtacha chuq. 63 m, eng chuqur joyi 116 m. Koʻl va atrofining goʻzal tabiati kuplab turistlarni jalb qiladi. R. Qora dengiz sohilidagi kurortlar bilan shosse yoʻl orqali bogʻlangan. Koʻl yoqasida mexmonxona va pansionat bor. R. yaqinida Kichik Ritsa kuli (maydoni 0,2 km²) joylashgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz