Risorjimento
Risorjimento (ital. Risorgimento, aynan — uygʻonish) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi va parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, ushbu harakat sodir boʻlgan davr: 18-asr oxiri — 1861-yil; R. 1870-yil Italiya qirolligiga Rimni qoʻshib olinishi bilan yakunlangan. R.ning eng muhim voqealari — 1848—49, 1859—60 yillardagi inqilob; R.ga rahbarlik qilish uchun respublikachi demokratlar (yetakchilari J. Madzini, J.Garibaldi va boshqalar) va liberallar (yetakchilari K.Kavur va boshqalar) oqimlari oʻzaro kurashganlar. Liberal oqim ustun kelib Italiya konstitutsion monarxiya shaklida birlashtirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org