Rishton Svitasi




Rishton svitasi — Fargʻona bo tigʻi va Hisor togʻlarining jan.gʻarbida tarqalgan stratigrafik birlik. Rishton qishlogʻi nomiga qoʻyilgan. O.S.Vyalov tomonidan ajratilgan (1935). Kesmasining pastki qismi — 4neftli qatlam ohaktosh, qumli ohaktosh, qumtosh, chigʻanoqtosh va mergellardan iborat. Qalinligi 15 m gacha. Unda ikki tavaqali mollyuskalar va gastropodalarning toshqotgan qoldiqlari uchraydi. Kesma ustki qismini qalinligi 30 m ga yetadigan chigʻanoqtoshlar qatlamchalariga ega alevritli gillar tashkil etadi va ularda ikki tavaqali mollyuskalar, gastropodalar va foraminiferalarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. Rishton svitasining umumiy qalinligi 45 m ga yetadi, ostida turki ston, gulizindon svitalari muvofiq yotadi va isfara svitasi bilan yoki baʼzi joylarda yuvilgan neogen qatlami bilan qoplangan. Tarkibida: 1) Liostrea simplex, 2) Platigena asiatica, 3) Chlamys turgaicus qatlamlari ajratilgan. Yoshi oʻrta eotsen boʻlimi (barton yarusi)ga mansub. Stratifafik ahamiyatga ega.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz