Rishiri tog'i




Rishiri togʻi (yaponcha: 利尻山 Rishiri-zan?) — toʻrtlamchi vulqon davrda paydo boʻlgan stratovulqon, Yaponiyaning Xokkaydo qirgʻogʻida, Yapon dengizi boʻyida joylashgan. U Yapon dengizidan koʻtarilib, Rishiri orolini hosil qiladi. Rishiri togʻining konussimon shakli Fudzi togʻiga oʻxshab ketganligi sababli ham, yerlik aholi uni baʼzan Rishiri Fudzi deb nomlashadi. Rishiri togʻi Yaponiyadagi 100 ta mashhur togʻlari roʻyxatiga kiritilgan. Rishiri togʻining balandligi 1721 m ga yetadi.

Togʻ festivali



Rishiri togʻining ochilish festivali har yili 2-iyul va 3-iyul kunlarida oʻtkaziladi. Ushbu festival rasmiy ravishda toqqa chiqish mavsumini ochib beradi. Har yili shu festevalni tomosha qilish maqsadida Yaponiyaning turli hududlari va qoʻshni davlatlardan turistlar tashrif buyuradi. Toqqa chiqish muddati oktyabr-noyabr oylariga qadar davom etishi mumkin. Ammo keyinchalik, toqqa chiqish yopiladi. Sababi bu yerda qish qattiq va yoʻllar juda noqulay boʻlib qoladi.

Geologiyasi



Rishiri togʻi 130 000-18 000 yil oldin soʻnggi pleystotsen davridagi ishqoriy va ishqorli boʻlmagan mafik vulqon jinslari asosida shakllangan. Shuningdek, u toʻrtlamchi vulqon tosh qoldiqlari bilan qoplangan.

Toqqa chiqish yoʻli



Rishiri choʻqqisiga chiqish alpinistlikni yangi boshlagan sayohatchilar uchun u qadar qulay emas, chunki toqqa chiqish yoʻllari juda xavfli. Togʻning pastki qismida lager va choʻqqidan uncha uzoq boʻlmagan masofada favqulodda vaziyatlar uchun qurilgan kulba bor. Undan biroz pastroqda ziyoratgoh joylashgan. Havo ochiq kunlari togʻ manzarasi Xokkaydo, qoʻshni Rebun oroliga va Rossiyadagi Saxalin orolidan ham yaqqol koʻrinib turadi.

Ommaviy madaniyatda



Shiroi Koibito toʻplamida markazda joylashgan Rishiri togʻining rasmini koʻrish mumkin.

Galereya




Manbalar




Havolalar




Andoza:100 Famous Japanese Mountains

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz