Risberma




Risberma (gollandcha rijs — chiviq va berm — doʻng) — kanal yoki daryo oʻzanining suv ayirgichdan keyingi mustahkamlangan suv oʻtkazadigan qismi. Bevosita suv oʻzanini yuvilib ketishdan asraydi, kuchli suv oqimini kuchsizlantiradi, uning tezligini pasaytiradi va bir maromda tutib turadi. R.ning suv ayirgichga taqalib turadigan qismi beton va temirbeton plitalardan qilinib, egiluvchan armatura bilan biriktiriladi, shuningdek, ichiga shagʻal toʻldirilgan sim toʻrlardan ham qilinadi. R.ning orqa qismi gabion, shoxshabba, tosh uyumi va boshqa vositalar bilan mahkamlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz