Rinat Matatov
Rinat Matatov (ivritcha: רינת מטטוב) — isroillik aktrisa. Teatr akademiyasi mukofoti sovrindori.
Biografiyasi
Rinat Matatov 1981-yilning 6-avgust sanasida O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Otasi muhandis, onasi hamshira boʻlgan. 1990-yilda Matatovlar oilasi Isroilga ko‘chib kelgan va hozirgi kunga qadar mamlakat markazida istiqomat qilib kelishmoqda. Matatov dastlab Gersog nomidagi fan, sanʼat va gumanitar fanlar oliy maktabida aktyorlik mahorati bo‘yicha tahsil olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng Nachal (pioner jangchi yoshlar) guruhining aʼzosi sifatida armiyaga boradi va u yerdan qaytgach, Yoram Leowenstein sahna sanʼati studiyasida professional aktyorlik saboqlarini ola boshlaydi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Matatov David Grossman asari asosida suratga olingan „Someone to Run With“ filmida oʻzining ilk rolini ijro etadi.
Faoliyati
Rinat Matatov oʻz ijodiy faoliyati davomida bir qancha spektakl, film va seriallarda rol ijro etgan.
Teatr
Matatov „Every man dies alone“ („Har bir erkak yolgʻiz oʻladi“), To the end of land" („Yerning oxirigacha“), „The Miser“ („Miser“), „House Mother“ („Uy bekasi“), „Sorrowful Song“ („Mahzun qoʻshiq“), „The Merchant of Venice“ („Venetsiyalik savdogar“), „Good Girl“ („Yaxshi qiz“), „Dancing and Flying“ („Raqsga tushish va parvoz etish“), „August: Osage County“ („Avgust: Osage okrugi“), „Crazy“ („Aqldan ozgan“), „The Dispute“ („Bahs“), „To myself“ („Oʻzimga“), „Romeo va Juliet“ („Romeo va Julyetta“), „Spell“ („Imlo“), „Good Year for the Farmers in the North“ („Shimoldagi fermerlar uchun eng yaxshi yil“) kabi bir qator spektakllarda turli rollarni ijro etgan.
Kino
Matatov rol ijro etgan filmlarga misol qilib „Testimony“ („Guvohlik“), „The Wanderer“ („Musofir“), „The Band’s Visit“ („Guruhning tashrifi“), „Someone to Run With“ kabi filmlarni keltirish mumkin.
Serial
Shuningdek, Rinat Matatov bir qator seriallarda ham oʻziga xos rollarni ijro etgan. „Mother’s Day“ („Onalar kuni“), „Blue Natalie“ („Moviy Natali“), „Pillars of Smoke“ („Tutunli ustunlar“), „Screens“ („Ekranlar“), „The champion“ („Chempion“) seriallari shular jumlasidandir.
Mukofotlari
Matatov 2009-yilgi Isroil teatri aʼzolarini taqdirlash marosimida „Habima“ teatrida sahnalashtirilgan „Crazy“ („Aqldan ozgan“) spektaklidagi roli uchun „Umidli aktrisa“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2011-yilning „Bolalar va o‘smirlar sahnasi“ taqdirlash marosimida „The Hour“ („Soat“) teatridagi „Good Girl“ („Yaxshi qiz“) spektaklidagi roli uchun „Yilning eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisasi“ mukofotini qo‘lga kiritgan.
Aktrisa 2012-yilda oʻtkazilgan Haifa festivalida The Hour („Soat“) teatrida sahnalashtirilgan „Sorrowful Song“ („Mahzun qoʻshiq“) spektaklidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasi bilan taqdirlangan.
Teatr
Filmografiyasi
Filmlari
Seriallari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org