Antik Rim ruhoniy hayotining markazi bo’lmish Kapitoliy o’rta asrlarda shahar hukmdorining qarorgohiga va uning mustaqilligi ramziga aylanadi. O’sha kezlarda vayrona bo’lib yotgan maydonni tiklash qarori 1538 yilda Papa Pavel III tomonidan qabul qilinadi. Buyuk Mikelanjeloga boshda Mark Avreliyning suvoriy-ot ustidagi haykaliga shohsupa va maydonga tantanavor chiqishni ta’minlaydigan tantanalar zinapoyasini yaratish topshiriladi. Biroq, biroz keyin Mikelanjeloga umuman butun maydonning loyihasini ishlab chiqish yuklanadi. U Kapitoliyga munosib va loyiq haykallar hoshiyasini yaratdi. Kapitoliy Papa hokimiyatining mahobatli ramziga aylandi. Bu ulug’vor timsol Mikelanjelo dahosi bilan uslubiy jihatdan ham, muhandislik bobida ham ajoyib va latif imoratlarda gavdalantirilgan edi.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish