Rimajon Xudoyberganova




Rimajon Xudoyberganova (1942-yil 22-aprel, Xorazm viloyati — 2022-yil 16-noyabr, Urganch tumani) — sovet va oʻzbek davlat, siyosat, jamoat arbobi. Xudoyberganova Xorazm viloyati partiya komitetining birinchi kotibi (1988—1991), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1987—1991) va SSSR xalq deputatlari syezdi (1989—1991) deputati boʻlgan.

Tarjimayi holi



Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova 1942-yil 22-aprelda Xorazm viloyatida tavallud topgan. 1960-yilda Urganch shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi 1-oʻrta maktabni tamomlaydi. 1960—1966-yillarda Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan hamda bir vaqtning oʻzida Toshkentdagi „Qizil Tong“ tikuvchilik fabrikasida tikuvchi-toʻquvchi boʻlib ishlagan. 1966-yilda institutni tugatgach, Urganch tikuvchilik fabrikasiga ishga yuborilib, brigada, boʻlimga rahbarlik qiladi. Xudoyberganova 1967-yildan bosh muhandis, 1972-yildan esa zavod direktori, 1976—1983-yillari Urganch va Xiva tikuvchilik fabrikalari negizida tashkil etilgan Xorazm viloyati tikuvchilik birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

1976-yilda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari va faoliyatidagi muvaffaqiyati uchun u "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlangan. 1978-yilda SSSR oʻqituvchilarining birinchi syezdiga vakil (delegat) etib saylangan.

1980-yillarda Xudoyberganova partiya safida ishlaydi. 1983-yil iyul oyida KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagach, Xorazm viloyat partiya komitetining sanoat, transport va kommunikatsiyalar boʻlimi mudiri lavozimiga ishga yuboriladi. 1984-yil avgust oyida taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha masʼul hisoblangan viloyat ideologiya komitetining kotibi etib saylanadi. 1985-yil oktyabr oyida viloyat deputatlari kengashining sessiyasida Xudoyberganova viloyat ijroiya komitetining raisi etib saylandi. 1987-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

1988-yil sentyabrda Xorazm viloyat partiya komitetining birinchi kotibi etib saylandi. SSSRda oʻsha davrdagi viloyat rahbari etib tayinlangan yagona ayol kishi boʻlgan. Bu lavozimda 1991-yilgacha faoliyat yuritgan.

1989-yilda muqobillik asosida Xudoyberganova SSSR xalq deputati etib saylanib, SSSR Oliy Sovetining Millatlar Sovetiga aʼzo boʻladi (to 1991-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi oʻzini oʻzi tarqatib yuborgunga qadar). 1990-yilda davlat organlari tuzilmasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan Xudoyberganova xalq deputatlari viloyat kengashi raisi etib saylanadi, SSSR davlati parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, 1992-yilning yanvar oyida bu lavozim tugatilguniga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritadi.

1992-yildan xoʻjalik boshqaruvi faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1992—1998-yillarda viloyat „Pillachilik“ boshqarmasi raisi, 1998-yil maydan 2007-yil iyungacha „Xorazmpilla“ aksiyadorlik jamiyati raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2007-yilda Xudoyberganova pesniyaga chiqadi. Pensionerlik davrida Xorazm viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli boʻlgan. 2022-yil 16-noyabrda Xudoyberganova 80 yoshida vafot etadi.

Unvon va mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz