Rim imperiyasiga bosqinlar
Rim imperiyasining shimoli-sharqiy chegaralari bo‘ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida ham urug‘chilik jamoasi darajasida yashar edilar. V asr boshlarida zaiflashib qolgan Rim qo‘shni varvarlar hujumini to'xtata olmagan. Qulchilik zulmidan aziyat chekkan mahalliy aholi german qabilalariga qarshi chiqmay, ba’zida ular tomoniga o‘tib ketganlar. Pireney yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o‘z davlatlarini tuzgan. Germanlar istilosi 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘lgan. Yevropada yangi feodal jamiyatiga o‘tish davri boshlangan.
Adabiyotlar
JAHON TARIXI
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent - 2017
Muharrir
M. Jumayev
Badiiy muharrir
A. Yoqubjonov
Texnik muharrir U. Sapayev
Sahifalovchi dizayner Sh. Sirojiddinov
uz.wikipedia.org