Rim ePrix
Rim E-Prix har yili Italiyaning Rim shahrida ABB FIA Formula E boʻyicha jahon chempionati bosqichi sifatida oʻtkaziladigan poyga musobaqasi hisoblanadi. 2018-yilgi ilk Rim E-Prix FIA ruxsatnomasiga koʻra Italiyada oʻtkazilgan birinchi yirik poyga boʻldi. Rim ePrix — bu Rimdagi (Italiya) Cittadino dell’EUR avtodromida boʻlib oʻtadigan bir oʻrindiqli, elektromobillar poygasi va Formula E chempionatining yillik asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy hukumat poygani bir ovozdan maʼqullaganidan soʻng, poyga rasmiylashtirildi va musobaqa tashkilotchilari bilan shartnoma imzolandi. Unda 2019-yilgacha Marokash ePrix’dan keyin mavsumning ikkinchi eng uzun davrasi boʻlib oʻtdi. 2021-yilgi qoʻsh poyga uchun uzunroq sxema taqdim etildi, bu esa uni Valensiya ePrix va Monako ePrixdan biroz yuqoriroqda joylashgan taqvimdagi eng uzun poygaga aylantirdi, ikkinchisi odatdagi Gran-pri sxemasiga oʻxshab kengaytirildi.
Avtodrom
Cittadino dell’EUR avtodromi Italiyaning Rim shahridagi EUR mahallasida joylashgan koʻcha trassasi hisoblanadi. U birinchi marta 2018-yil 14-aprelda 2018-yilgi Rim ePrix uchun ishlatilgan. Trassabing dastlab uzunligi 2,849 km (1,770 milya) va 21 burilishdan iborat boʻlgan. U Via Cristoforo Colomboda boshlandi va Rim Kongress markazi va Palazzo dei Congressi yonidan oʻtib, Markoni Obeliskda tugadi. Avvalroq, 1985 va 2009-yillarda Formula 1 Gran-prisini oʻtkazish uchun EUR tumani boʻylab aylanish taklif qilingan.
Natijalar
Rim E-Prixdagi eng tez aylanish natjasi Envision-Audi jamoasi aʼzosi Robin Frijnsga tegishli. U bu natijaga 1:41.256 orqali erishgan.
Natjalar
Manbalar
uz.wikipedia.org