Riku Miura




Riku Miura (yaponcha: 三浦 璃来; tugʻ.2001-yil 17-dekabr,Takarazuka) — yaponiyalik figurali uchuvchi, Ryuichi Kihara bilan juftlik konkida uchishda ishtirok etadi. Miura va Kixara jamoaviy bahslarda Olimpiada bronza medali sovrindori (2022-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2022-yil), konkida uchish boʻyicha Yaponiya chempioni.

Hayoti



Miura 2001-yil 17-dekabrda Takarazukada tugʻilgan.

Boʻsh vaqtida karate bilan shugʻullanadi. Uning figurali uchish kumiri xitoylik ikki karra jahon chempioni Sui Venjingdir.

Martaba



Itihasi bilan hamkorlik



Miura va Shoya Itixasi toʻrtta ISU chempionatida Yaponiyani himoya qilishdi. Ular 2018-yilda Taypeyda oʻtkazilgan Toʻrt qitʼa chempionatida va 2018-yilda Sofiyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻninchi oʻrinni egalladilar. 2019-yil iyul oyida juftlik ajralishdi.

Kihara bilan hamkorlik



2019/2020-mavsum
2019-yil avgust oyida Riku Miura Ryuichi Kihara bilan juft boʻldi. Shu bilan birga, juftlik Bruno Markotte, Megan Duhamel va Brayan Sheyls rahbarligida Okvillga mashgʻulotlarga borishdi.

Miura va Kihara oʻzining xalqaro debyutini 2019 NHK Trophy musobaqasida oʻtkazdi va u yerda beshinchi oʻrinni egalladi. Ular 2020-yilgi Yaponiya chempionatida qatnashgan yagona juftlik edi.Qisqa dasturda konkida uchuvchilar ikki marta yiqildilar, ammo erkin konkida 116,16 ball bilan muvaffaqiyatliroq chiqdilar.

2020-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Miura va Kihara Monrealda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasiga kiritildi, biroq u koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi.

2020/2021
Miura va Kihara „Skate Canada 2020“ uchun eʼlon qilindi, ammo bu turnir davom etayotgan pandemiya tufayli bekor qilindi. Biroq, ular Stokgolmda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashib, oʻninchi oʻrinni egalladilar. 2021-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatida ular jamoaviy bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, juftlik bahslarida ikkala dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi va jami shaxsiy rekordlarini yaxshiladilar.

Natijalar



Kihara bilan




Itihasi bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz