Riki Lindhome




Erika (Riki) Lindhome (1979-yil 5-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa, komediyachi va musiqachi. U „Garfunkel and Oates“ va „Comedy Folk“ duetida vokalist va qoʻshiq muallifi sifatida ham tanilgan.

Hayoti




Erika Lindhome 1979-yilning 5-martida Pensilvaniya shtatining Kudersport shahrida tugʻilgan va Nyu Yorkning Portvill shahrida oʻsgan. Uning onasining ismi Cheryl Lindhome, otasining ismi esa Rick Lindhome.1997-yilda Lindhome Portvill oʻrta maktabini tamomlagan. Keyin Sirakuza universitetida aloqa va kino yoʻnalishida oʻqigan va u yerni 2000-yilda tamomlagan.

Ish faoliyati



Lindhome 2022-yilda komedik qoʻrqinchli „Wednesday“ serialida doktor Valeri Kinbott rolini oʻynadi.2023-yilda Disney seriali „The Muppets Mayhem“da mehmon rolini ijro etdi. 2004-yilda Mardell Fitsjerald rolida „Million Dollar Baby“ filmida ham debyut qilgan va „Hell Baby“(2013), „The Wolf of Snow Hollow“(2020) komedik va dahshatli filmlarida ham rol oʻynadi. Shuningdek, u „Pulse“ (2006), „ My Best Friend’s Girl“ (2008), „The Last House on the Left“, „Powder Blue“ (2009), „ Much Ado About Nothing“ (2012), „The Best“ filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.2007-yilda esa aktrisa Kate Micucci bilan Garfunkel va Oates nomli guruhini tuzishadi. Ular 2014-yilda bir mavsum davomida efirga uzatilgan IFC telekanalida shu nomdagi teleserialni yozishgan, ishlab chiqishgan va bosh rollarni oʻzlari ijro etishgan. Shu bilan birga ularning 2016-yilgi „Vimeo“ komediyasi va „Garfunkel va Oates:Trying to Be Special“ eng yaxshi original musiqa va qoʻshiq uchun Primetime Emmi mukofotiga nomzod boʻlgan.2022-yilda Lindhome Warner Brothersning „King Tweety“ animatsion komediya filmida Qirolning yordamchisi Beepga ovoz berdi. Shuningdek u 2024-yilda chiqishi rejalashtirilgan „They Listen“ qoʻrqinchli filmida Maud rolida namoyon boʻlishi kutilmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz