Rigor Truxnov




Grigoriy Markovich Truxnov (belaruscha: Rigor Markavіch Truxnooʻ; 1908-yil15-oktyabr, Shamki, Minsk viloyati, Rossiya imperiyasi – 1986-yil 26-noyabr, Minsk) – sovet belarus tarixchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Tarix fanlari doktori (1966), professor (1967). BSSR Oliy maktabida xizmat koʻrsatgan xodim (1982).

Hayoti



Grigoriy Truxnov Minsk viloyati, Borisov tumani, Shamki qishlogʻida tugʻilgan. 1927—1929-yillarda Sovet partiya maktabida oʻqigan, soʻngra Dubrovnodagi ishchilar fakultetida tarix fanidan dars bergan. 1931—1934-yillarda Minsk pedagogika institutining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida tahsil olgan. 1934—1938-yillarda Borisovda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1939-yilda Belarus davlat pedagogika universitetining Yangi tarix fakulteti aspiranturasiga oʻqishga kirib, uni 1941-yilda tamomlagan. 1941-yil iyul-oktyabr oylari mobaynida Samarqand davlat universitetida yangi tarix fanidan dars bergan.

Grigoriy Tarxunov 1941-yil oktabr oyida janubi-gʻarbiy frontdagi 213-piyoda diviziyasining tankga qarshi artilleriya batalyonida oddiy askar sifatida frontga joʻnatilgan. Stalingrad jangida u bir necha marta yaralangan va snaryaddan zarba olgan. 1942-yilning noyabr oyida nemis tilini yaxshi bilishi tufayli 81-alohida diviziyaning razvedka boʻlimida, keyinroq 14-gvardiya otliq diviziyasining razvedka boʻlimida tarjimon boʻgan. Dasht, Don va 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. 1944-yil noyabr oyidan boshlab 1945-yil dekabr oyigacha 7-gvardiya otliqlari korpusining razvedka boʻlimida tarjimonlik qildi. Grigoriy Tarxunov Ulugʻ Vatan urushini gvardiya kapitani unvoni bilan tugatgan, ikkita 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni, ikkita Qizil Yulduz ordeni, shuningdek uchta medal bilan ham taqdirlangan.

1946-yildan boshlab esa Belarus davlat universitetining zamonaviy tarix fakultetida dars berishni boshlagan. 1949-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1967-yilga kelib esa professor ilmiy unvoniga ham sazovor boʻlgan. Grigoriy Tarxunov 1986-yil 26-noyabrda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati



1948-yilda Grigoriy Tarxunov „1912-1913-yillardagi Birinchi Bolqon urushi davrida Germaniyaning Bolqondagi imperialistik siyosati“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, shundan soʻng 1918—1923-yillarda Germaniyadagi inqilobiy yuksalish tarixini oʻrganishni boshladi. 1964-yilda u birinchi doktorlik dissertatsiyasini „Germaniyadagi inqilobiy yuksalish“ mavzusida himoya qildi.

Professor Sovet Belarusiya nemisshunoslik maktabining asoschisi edi. Lev Shneerson bilan birgalikda u Belorussiya germanistlarining ilmiy maktabini boshqarib borgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz