Rifoa Tahtoviy




Rifoa Tahtoviy (arabcha: رفاعة الطهطاوي; 1801, Tahto — 1873, Qohira) — Misr maʻrifatparvarligining ilk vakili. 1825-yilda Muhammad Ali tomonidan Fransiyaga oʻqishga joʻnatilgan yoshlar orasida ularning diniy-axloqiy xatti-harakatlarini kuzatib yuruvchi imom sifatida Parijga boradi. Al-Azhar madrasasida oʻqigan va diniy maʻlumotga ega boʻlgan bu shayx texnika va harbiy ishlarni oʻrganish uchun Parijga borgan yoshlarni kuzatish bilan cheklanmasdan fransuz tilini oʻrganadi, Fransiya madaniyati va tafakkuri bilan tanishadi, Volter, Russo, Monteskyelarining asarlarini oʻqiydi. Fransiyada u 1830-yil iyul revolyusiyasini oʻz koʻzi bilan koʻradi va bu unda kuchli taassurot qoldiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz