Ridley Scott
Sir Ridley Scott (1937-yil 30-noyabrda tugʻilgan) — ingliz kinorejissori va produseri. Toʻrt karra Oscar, besh karra BAFTA va Oltin globus mukfotlari nomzodi. BAFTA va Saturn mukofotlari sovrindori. Britaniya Imperiyasi Ordeni sohibi.
Scott 55 yillik faoliyati davomida „Alien“ (1979), „Blade Runner“ (1982), „Thelma & Louise“ (1991), "Gladiator " (2000), „ Black Hawk Down“ (2001), „Muqaddas zamin“ (2005) va "Marslik" (2015) kabi koʻplab filmlarni suratga olgan.
2003-yilda u Britaniya kinoindustriyasidagi xizmatlari uchun unga ritsarlik unvoni berildi. 2004-yilda oʻtkazilgan BBC soʻrovnomasiga koʻra Britaniya madaniyatidagi eng nufuzli odamlar roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi.
U 2015-yilda Londondagi Qirollik sanʼat kollejining faxriy doktori unvoniga, 2018-yilda umrbod BAFTA stipendiyasiga sazovor boʻldi.
Filmografiya
Ridley Scottning filmlari olgan mukofot va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org