Rico Henry




Rico Antonio Henry (1997-yil 8-iyulda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premer Liganing Brentford jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U Walsall akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, Angliyaning U19 va U20 terma jamoalarida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Walsall



Henry 11 yoshida Walsall jamoasiga qoʻshiladi va 14 yoshida markaziy yarim himoyachi pozitsiyasidan chap qanot himoyachisi pozitsiyasiga oʻtadi. U 2013-yil iyul oyida „Leeds United“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoa safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi. Bir yil oʻtgach, u klubning yoshlar jamoasida ajoyib taassurot qoldirganidan keyin oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolaydi. Henry 2014-yilning sentyabr va oktyabr oylarida birinchi Liganing ikkita oʻyinida asosiy tarkibdan joy oladi. Trophy ligasi yarim finalida Tranmer Rovers jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi va uning jamoasi gʻalaba qozonadi. Henry 2014—2015-yilgi mavsumda yana sakkizta oʻyinda maydonga tushadi. U 2015-yilning aprel oyida shartnomasini yana ikki yilga uzaytiradi va Walsallda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topiladi.

Henry 2015-16-yilgi mavsumda koʻplab oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushadi. U ushbu muvaffaqiyatli mavsumda jami 44 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol uradi va jamoasi bilan yangi uch yillik shartnoma imzolaydi. 2015-yilning sentyabr oyida Futbol Ligasi oyining eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritadi.

Henry 2016-17-yilgi mavsum boshida uchta oʻyinda maydonga tushadi. 2016-yilning 13-avgustida „Oldham Athletic“ jamoasi qarshi kechgan uchrashuvning 30-daqiqasida Henryning yelkasi yana chiqib ketadi va maydonni tark etadi. Ushbu oʻyin Henry uchun oxirgisi boʻladi va 31-avgust kuni jamoasini rasman tark etadi. U klub safida jami 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan edi.

Brentford



2016-yil 31-avgustda Henry Chempionship klubi Brentford bilan 1,5 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzolaydi. U 8-sentabr kuni chiqib ketgan yelkasida jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va 2017-yilning 21-fevralida jismoniy holatiga qaytganidan soʻng birinchi marta Sheffield Wednesdayga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi.

Henry 2017—2018-yilgi mavsum boshida formasini tiklab tarkibga qaytadi. Biroq 2017-yil 30-sentyabrida „Middlesbrough“ga qarshi oʻyinda xochsimon bogʻlamidan jarohat olib, maydonni tark etadi va Henry uchun mavsum muddatidan oldin oʻz yakuniga yetadi. U 2018-yil oktyabr oyida toʻliq mashgʻulotlarga qaytadi va 24-noyabrda u deyarli 14 oy davomidagi oʻzining birinchi oʻyinini yana „Middlesbrough“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi. U klub safidagi birinchi golini 2019-yil 12-yanvar kuni Stoke Cityga qarshi oʻyinda uradi va yanvar oyi davomidagi oʻyinlari uchun oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzod sifatida koʻrsatiladi. Fevral oyida oyogʻidan olgan jarohati tufayli mavsumning ikki oyini oʻtkazib yuboradi.

Henry 2021—2022-yilgi Premer liga mavsumini asosiy tarkib chap qanot himoyachisi sifatida boshlaydi va 2021-yilning noyabr oyida ketma-ket liga oʻyinlarida gol uradi. 2022-yil mart oyida Henry yana ushbu jamoa bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi va 2021—2022-yilgi mavsumda jami 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol uradi.

Xalqaro faoliyati



2015-yilning 10-noyabrida Henry Gollandiya va Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Angliya U19 terma jamoasi tomonidan ilk chaqiruvini oladi. Henry Angliyaning 2017-yilgi Four Nations turniri uchun U20 terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritiladi va „Young Lions“ musobaqasida gʻalaba qozongani uchun uchta oʻyinning barchasida maydonga tushadi. Henry 2017-yilgi U20 Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan edi. Biroq jarohati tufayli ushbu musobaqada qatnasha olmaydi.

Shaxsiy hayoti



Henry Gʻarbiy Midlend shtatining Birmingem shahrida tugʻilgan. U Angliyaning St George cherkovi boshlangʻich maktabida va Birmingemdagi Lordswood oʻgʻil bolalar maktabida tahsil olgan.

Faoliyatining statistikasi




Yutuqlari



Angliya U20

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz