Richárd Rapport
Richárd Rapport (1996-yil 25-martda tugʻilgan) – vengriyalik shaxmat grossmeysteri (hozirda Ruminiya vakili). Shaxmat vunderkindi, u 13 yosh, 11 oy va olti kunligida grossmeyster unvonini qoʻlga kiritib, Vengriya tarixidagi eng yosh grossmeysterga aylangan. Rapport 2017-yilda shaxmat boʻyicha Vengriya chempioni boʻlgan. 2022-yil may oyida esa dunyo reytingida beshinchi oʻringacha koʻtarilgan.
Bolaligi
Rapport Vengriyaning Szombathely shahrida iqtisodchi Tamás Rapport va Erzsébet Mórocz oilasida tugʻilgan. U shaxmatni toʻrt yoshida otasidan oʻrgangan.
Titullari
2006-yilda u 10 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Rapport 2009-yilda xalqaro shaxmat ustasiga aylandi. 2010-yil mart oyida Szentgotthárddagi Gotth’Art Kupa musobaqasida u grossmeyster unvoni uchun yakuniy norma va reyting talablarini bajardi. Rapport turnirda murabbiyi Aleksandr Beliavskiydan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa Laxos Portish (XX asrning ikkinchi yarmidagi eng kuchli Sovet Ittifoqi fuqarosi boʻlmagan oʻyinchilaridan biri) bilan tenglashdi. 13 yosh, 11 oy va 6 kunligida u eng yosh vengriyalik grossmeysterga aylandi (avvalgi rekord jahon chempionligi uchun sobiq daʼvogar Péter Lekoga tegishli edi) va oʻsha paytda tarixdagi eng yosh beshinchi shaxmat grossmeysteriga aylandi.
Shaxmatdagi faoliyati
2013-yil
May oyida Rapport Sigeman & Co shaxmat turnirida Nagel Short va Nils Grandelius bilan birgalikda tay-breykda gʻalaba qozonib, birinchi oʻrinni egalladi. U 4½/7 (+3−1=3) ball oldi.
Dekabr oyida Rapport tezkor shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2016-yil
20–23-dekabr kunlari Rapport Xitoyning Yancheng shahrida boʻlib oʻtgan 17 yoshli xitoylik shaxmatchi Wei Yiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi. Oʻsha paytda Rapport 2717 ball bilan 21 yoshgacha oʻsmirlar reytingida yetakchilikni qoʻlga olgan. Wei Yi esa 2707 ball bilan ikkinchi oʻrinda edi. Ular toʻrtta klassik oʻyindan iborat boʻlgan oʻyinda gʻalaba va ikkita durang qayd etishdi. Soʻngra ikkita blits oʻyinidan iborat tay-breykda bittadan gʻalaba qozonishdi.
2017-yil
2017-yil yanvar oyida Tata Steel Chess turnirida u Magnus Karlsenga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. 33 yurishda oq donalarda gʻalaba qozondi.
2017-yil may oyida shaxmat boʻyicha Vengriya chempionatida gʻolib chiqdi.
2019-yil
Rapport shaxmat boʻyicha Jahon chempionatida AQSh vakili Sam Shanklandga qarshi bahsda gʻalaba qozondi.
2020-yil
Rapport 11-Danzhou turnirida gʻolib chiqdi. U magʻlubiyatga uchramagan yagona oʻyinchi boʻldi va GM Ding Lirendan yarim ochko oldinda yakunladi.
2022-yil
Rapport Serbiyaning Belgrad shahrida 2022-yilgi FIDE Grand Prix turnirining ikkinchi oʻyinida gʻalaba qozondi. Ushbu koʻrsatkich birinchi oʻyinda yarim finalga chiqish bilan birga Grand Prixda kuchli ikkilikka kirish va 2022-yilgi nomzodlar turniriga yoʻllanma olish uchun yetarli boʻldi va u 5½/14 ball bilan oxirgi oʻrinni egalladi.
2023-yil
Rapport Tata Steel Chess Tournament 2023 nomzodlaridan biri boʻlgan. U avvaliga shaxmat vunderkindi Nodirbek Abdusattorovga, keyinroq jahon chempioni Magnus Karlsenga yutqazib qoʻygan. Ammo hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisi va dunyo reytingida 2-raqamli shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Lirenga qarshi bahsda gʻalabani qoʻlga kiritdi. Rapport turnirni 6½/13 ball bilan 14 ishtirokchi orasida 8-oʻrin bilan yakunladi.
Shaxsiy hayoti
U 18 yoshidan beri Serbiyaning Belgrad shahrida. Uning rafiqasi Yovana Vojinovich ayol grossmeyster. Ular 2016-yilda turmush qurishdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org