Richmond Laryea
Richmond „Richie“ Laryea (talaffuzi: Richmond „Richie“ Lareya; 1995-yil 7-yanvarda Kanadada tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, „Toronto“ futbol klubi va Kanada terma jamoasida yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Richmond Laryea „Sigma“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi.
2014—2015-yillarda Richmond Laryea Milliy Kolleji Atletika Assotsiatsiyasida universitet futbol jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
2016-yilning 6-yanvarida universitetni tark etib, Generation Adidas dasturi orqali MLS bilan shartnoma imzolagan.
2016-yilning 25-martida u yangi tashkil etilgan „Orlando City B“ futbol klubiga yuborilgan. Richmond Laryea professional debyutini 2016-yil 26-mart kuni „Orlando City B“ futbol klubida „Wilmington Hammerheads“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2017-yilning 23-aprelida „Orlando City B“ futbol klubi safida „Bethlehem Steel“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u faoliyatidagi ilk gollarini urgan va dublga erishgan. U 2017-yilning 24-iyunida „Orlando City“ jamoasi safida „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan va o‘yinda Kaka o‘rniga 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. 2018-yilgi mavsum oxirida „Orlando City“ futbol klubi bilan shartnomani uzaytirmagan.
2022-yilning 5-avgustida Richmond Laryea bir yillik ijara evaziga „Toronto“ futbol klubiga qaytgan. Shartnomani yopish uchun „Toronto“ futbol klubi „Dallas“ futbol klubiga 225 ming dollar toʻlagan.
Xalqaro faoliyati
2016-yil may oyida Richmond Laryea 23 yoshgacha boʻlgan Kanada terma jamoasi uchun ikkita oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan hamda15-mayda Gayana va 18-mayda Grenadaning asosiy jamoalari bilan boʻlgan oʻyinda maydonga tushgan. Futbolchi Gayana darvozasiga gol urgan.
2019-yil 28-avgust kuni Richmond Laryea Kanadaning asosiy jamoasi safida 2019-2020-yilgi CONCACAF Millatlar Ligasidagi ikkita o‘yin uchun asosiy tarkibga kiritilgan. 2019-yilning 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda u asosiy tarkibda maydonga tushib, terma jamoa safida debyut qilgan .
2021-yil 25-mart kuni JCh-2022 saralashining birinchi bosqichida Bermud orollari terma jamoasiga qarshi o‘yinda Richmond Laryea Kanada terma jamoasi safidagi ilk golini urgan.
U 2021-yilgi CONCACAF oltin kubogi musobaqasiga boradigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan.
Statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org