Richard Petiot
Richard Allan Petiot (talaffuzi: Richerd Elan Petyot) (1982-yil 20-avgustda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati
"Los Angeles Kings" xokkey klubi Petiotni 2001-yilda AJHLning „Camrose Kodiaks“ klubi tarkibiga tarbiyalash uchun qoʻshdi. Keyin Richard Petiot Colorado kollejida toʻrt yil kollej xokkeyi oʻynadi. Richard Petiot 2005-yilning 11-avgustida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Richard Petiot oʻzining professional debyut oʻyinini 2005—2006-yilgi mavsumda oʻtkazdi va asosan „Kings“ klubining filiali „Manchester Monarchs“ xokkey klubi jamoasida oʻynadi. Richard Petiot 2008-yilning 15-iyulida „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashidan oldin, ikki mavsumni „Monarchs“ klubi safida oʻtkazdi.
2008—2009-yilgi mavsumda „Leafs“ klubi Petiotni oʻzining filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubiga joʻnatdi, soʻng Richard Petiotni Olaf Kolzig, Andy Rogers, Jamie Hewardlar bilan birga 2009-yil 4-martda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga almashtirdi.
2009-yil 9-iyulda Richard Petiot „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.
2010-yil 2-iyulda Richard Petiot „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolashga rozilik bildirdi.
2011-yil 2-iyulda Richard Petiot sobiq jamoasi „Tampa Bay“ klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Petiot jarohati tufayli 2011—2012-yilgi mavsumda klubning „Norfolk Admirals“ shoʻbasi bilan atigi 6 ta oʻyinda maydonga tushgan holda oʻtkazdi.
Shundan soʻng, Richard Petiot 2013-yil 9-yanvarda AHLning „St Johnʼs IceCaps“ xokkey klubi bilan professional shartnomasini imzolashdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org