Richard Feynman




Richard Fillips Feynman (1918.11.5, NyuYork 1988) - amerikalik fizik. AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1954). Massachusets Texnologiya institutini tugatgan (1939). Falsafa fanlari doktori. (1942). Prinston universitetida (1942—43), LosAlamos laboratoriyada (194345) ishlagan. Kornell texnologiya universiteti professor (1950-yildan). Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, kvant elektrodinamika, elementar zarralar fizikasi, statistik fizika, oʻta o'tkazuvchanlik va gravitatsiya nazariyasiga oid. Maydon kvant nazariyasining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan matematik apparatni ishlab chiqqan (1949) (qarang Feynman diagrammalari). Oʻta oquvchan geliyning uyurma tabiatini tushuntirib bergan (Feynman uyurmasi deb ataladi). "Fizikadan Feynman maʼruzalari" kursi muallifi. A. Eynshteyn mukofoti (1950), Nobel mukofoti laureati (1965).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz