Richard Adolf Zsigmondy




Richard Adolf Zsigmondy (1865.1.4, Vena — 1929.23.9, Gyottingen) — avstriyalik fizikkimyogar. Gyottingen universiteti organik va kolloid kimyo kafedrasi professor (1903—07), Gyottingen universiteti Anorganik kimyo instituti direktori (1908—29). Immersion ultramikroskopni ixtiro qilgan (1913), kolloid eritmalarning mikrogeterogen tabiatini aniqlagan. Adsorbent gʻovaklarida suv bugʻi kapillyar kondensatsiyasi nazariyasini olgʻa surgan (1911). Yorugʻlik nuri analizatori, membranali (1918) va oʻta mayda filtrlar (1922) ixtiro qilgan. Boʻyagichlar va rangli shishalar olish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1925).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz