Richag




Richag — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega boʻlgan qattiq jismdan iborat. U tayanch nuqtadan oʻtuvchi tekislikdagi kuchlar taʼsirida boʻladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan boʻlsa, bunday richag 1-tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan boʻlsa, 2-tur richagi deb ataladi. Richag muvozanatda boʻlishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yigʻindisi nolga teng bulishi kerak. Richag dvigatellar, presslar, bolgʻalash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz