Richa Chadda




Richa Chadda (1986-yil 18-dekabrda tugʻilgan) - hind filmlarida rol o'ynagan hind aktrisasi. "Lucky Lucky Oye"(Baxtli Oye!) komediya filmida kichik rolda debyut qilgan. Chaddaning yutugʻi 2012-yilda “Gangs of Wasseypur"(Vasseypur toʻdalari) nomli gangster filmidagi roli bo'ldi. Filmdagi gangsterning urushqoq va qoʻpol soʻzli xotini roli unga "Filmfare" mukofotini olib keldi. 2015-yilda Chadda "Masaan"(2015) drama filmida bosh rolda debyut qildi.

Yoshlik yillari



U 1986-yil 18-dekabrda Panjob shtati Amritsar shahrida tug'ilgan. Uning otasi tadbirkor va onasi Kusum Lata Chadda Dehli universitetining "PGDAV" kollejida siyosatshunoslik professori bo'lib ishlaydi. Onasi kitoblar muallifi va Gandhi Smriti bilan birga ishlaydi.

Faoliyati



Chadda o'z faoliyatini model sifatida boshlagan, keyin esa teatrga o'tgan. U Hindiston va Pokistonda gastrollarda sahnalashtirilgan teatr truppalarida qatnashgan edi. Keyinchalik, u Barry John qo'l ostida ham ta'lim oldi.

Dastlabki faoliyati (2008–2011)




Chadda 2008-yilda Dibakar Banerjiee rejisyorlik qilgan "Lucky Lucky Oye" filmida, Dolly nomli ikkinchi darajali rolda debyutini o'tkazdi. U 2010-yilda "Benny and Babloo" komediya filmida Fedora rolida paydo bo'lgan. Shu bilan birga, u rol o'ynagan "Nirdoshi" deb nomlangan filmi, deyarli uch yillik kechikishdan keyin 2010-yilda sahnaga chiqdi.

Yutuqlari (2012–2015-yillar)



2012-yilda u Anurag Kashyapning "Gangs of Wasseypur – Part 1"(Vasseypur to'dalari 1-qism) bosh rolni o'ynadi. Syujet (50 yilni qamrab olgan) uchta jinoyatchi oila o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash, siyosat va qasos haqida hikoyadan iborat. Filmning premyerasi 65-Kann kinofestivalida bo'lib o'tdi. U Nagma Khatoon rolini ijro etishni davom ettirgan holatda "Gangs of Wasseypur – Part 2"(Vasseypur to'dalari 2-qism) filmida ham rol ijro etgan edi. Chadda nomzodi "Filmfare Award"da “Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli” nominatsiyasiga qo'yildi va eng yaxshi aktrisa uchun "Filmfare Critics Award" mukofotini qo'lga kiritdi.

Chadda 2013-yilda Mrighdeep Singx Lamba tomonidan suratga olingan "Fukrey" komediya filmida qattiq gapiradigan ayol Bholi Panjaban rolini ijro etgan edi. Keyin u "Anurag Kashyap" tomonidan ishlangan "Epilogue" nomli qisqa metrajli filmida rol ijro etgan.

Chadda keyinchalik Sanjay Leela Bhansalining Shekspirning "Romeo va Juletta" tragediyasi asoslangan "Goliyon Ki Raasleela Ram-Leela" deb nomlanuvchi dramatik filmdagi Rasila rolini ijro etgan. Bu roli uchun uning nomzodi "IIFA Best Supporting Actress" nominatsiyasiga qo'yildi. Chadda 2014-yilda Navneet Behal rejissorligidagi “Tamanchey” filmida jinoyatchi Babu rolida paydo boʻldi. U 71-Venetsiya xalqaro kinofestivalida rejadan tashqari holatda namoyish etildi.

Tanqidlar va kinodagi muvaffaqiyatlari (2016-yildan hozirgi kungacha)




2016-yil yanvar oyida Chadda "Chalk n Duster" ijtimoiy yo'nalishdagi filmda jurnalist sifatida paydo bo'ldi. Keyinchalik u Sarabjit Singx hayotiga asoslangan biografik-drama filmi "Sarbjit"da rol ijro etgan. U Sukhpreet rolini o'ynagan. Ushbu filmda Aishwarya Rai va Randeep Huda bilan birga rol o'ynagan.

2017-yilda Richa Hindistonning "Inside Edge" veb-serialida harakat qilib, kurashayotgan aktrisaning aks ettiruvchi rolni o'ynadi. Serial ham tanqidchilar, ham tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. U 2013-yilda suratga olingan “Fukrey” filmining davomi boʻlgan “Fukrey Returns” filmidagi Bholi Punjaban rolini ijro qilgan.

Richa Chadda Sudhir Mishraning "Devdas" dostonining' Aur Devdas deb nomlangan versiyasida Paro rolida ishlagan.[28] Uning Puja Bhatt bilan birgalikda o'ynagan filmi "Kabare", 2019-yil 9-yanvarda ekranga chiqdi.[29] Chadda shuningdek, David Womarkning "Love Sonia" hind-amerika filmida rol ijro qildi. Filmning jahon premyerasi 2018-yil 21-iyun kuni London hind kinofestivalida boʻlib oʻtdi.[30] Film 2018-yil 14-sentabrda Hindistonda ekranga chiqdi.[31][32][33] Uning “Panga” filmidagi bosh rolda Kangana Ranaut bilan o'ynagan roli 2020-yil 24-yanvarda ekranlarga chiqdi.[34][35] Uning soʻnggi “Shakeela” filmi 2020-yil 25-dekabrda kinoteatrlarda chiqdi.[36]

Uning bo'lajak roli Anubhav Sinhaning "Abhi Toh Party Shuru Hui Hui" filmida bo'lishi rejalashtirilgan.

Film olish ishlari (2021-yildan hozirgi kungacha)



2021-yilda u Ali Fazal bilan birgalikda "Pushing Buttons Studios" nomli o'zining film ishlab chiqarish kompaniyasini ochdi.

Shaxsiy hayoti



2016-yil may oyida Chadda "NDTV" telekanaliga bergan intervyusida, u bir necha yil davomida bulimiya (ovqatlanishning buzilishi) bilan ogʻriganini va tuzalib ketganini aytdi. U o'zining kasalligining kelib chiqishini oilalar va jamiyatdagi boshqa oilalarda yuz berayotga patriarxat tizim tufayli deb hisoblagan. U shu sababli ham jamiyatdagi ayollarni erkinroq yashashga va o'zi uchun yashashga chaqirgan.

U Ali Fazal bilan yaqin munosabatda bo'lgan. Hozirda u Mumbayda istiqomat qiladi.

Richa Chadda B.R. Ambedkarni o'zining ustozi deb biladi.

Aktyorlikdan boshqa ishlari



Modellik



2014-yilda u hayvonlarga yaxshi munosabatda bo'lishga chaqiruvchi tadbirlarning reklamasida suv parisi sifatida suratga tushib, odamlarni baliq iste'mol qilmaslikka va vegetarian bo'lishga undagan. O'sha yili u "Lakme Fashion Week" model bo'lib qatnashdi va "Tvial Disasters" nomli spektaklda o'ynadi. U vegetarianizmni qo'llab-quvvatlovchi "PETA" reklamalarida paydo bo'lgan bo'lsa-da, u Hindistonning Maxarashtra shtatida mol go'shti yeyishni taqiqlanishiga qarshi chiqdi.

U, shuningdek, "Minute Maid", "Tata Sky", "Archies Gallery", "Virgin Mobile" va "Cadbury Dairy Milk Chocolate" kompaniyalari mahsulotlarining reklamasida qatnashgan.

Faollik




2020-yil yanvar oyida aktrisa Mumbaydagi norozilik namoyishida qatnashgan (kino vakillarining boshqa aktyorlari bilan birga) va jabrlangan talabalarga birdamligini bildirdi. U 2019-yil 15-dekabrda talabalar norozilik bildirgan "Jamia Millia Islamia" va "Aligarh Muslim" universiteti talabalariga politsiya tomonidan bosim oʻtkazilishiga qarshi chiqqan edi. Chadda 2021-yil iyun oyida, epidemiya vaqtida, jamiyatdagi yaxshi munosabatlarni koʻpaytirish maqsadida "The Kindry" ijtimoiy media faoliyatini yaratdi. Chadda va uning do'sti, tadbirkor Krishan Jagota Instagramda, yuqoridagi harakatni qo'llab-quvvatlovchi sahifani ochdi.

Koʻrishlar




Chaddaning ta'kidlashicha, Hindistonda din, ayollarni tarbiyalashda yoki festivallarni nishonlashda vositaga aylandi. Chadda o'zini dinsiz deb bilsada, dinni chuqur o'rgansa ayollarga bo'lgan ijobiy munosabat shunchalik oshadi degan fikrda. Chadda 2018-yil may oyida Hinduizmni dinini ruhoniylar noto'g'ri mafkura bilan chalg'itayotgani haqida gapirgan. Chadda Tvitterda "Ha, Hindistonda hinduizm xavf ostida". Biroq, Hindutva tarafdorlari Hinduizmga tahdid solmoqda. Hindutva ta'siridan xalos bo'ling va din najot topadi. Jamoat manfaat ko'radi" deb aytgan. Shundan so'ng, Chaddaga Hinduizm trollaridan zo'rlash va qotillik tahdidlari bo'ldi. Uning Ali Fazal bilan o'zaro munosabatlariga kelsak, Chadda har ikki tomondan hech qanday e'tirozlar yo'qligini aytadi, chunki ularning ota-onasi sevgini tushunishini e'tirof etgan. Chadda otasi panjabi, onasi esa bihari ekanligini va ular har qanday mutaassiblikka qaramasdan ajoyib munosabatda ekanligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, "Mana, bu Hindiston. Biz hammamiz bir tan-u bir jon bo'lib yashashimiz kerak" deb aytgan.

Filmografiyasi




Filmlar




Podkast




Seriyallar




Mukofotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz