Ricardo Laborde




Ricardo Alexis Laborde Leon (talaffuzi: Rikardo Aleksis Laborde Leon; 1988-yil 16-fevralda Kartagenada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, hujumchi.

Klublardagi faoliyati




Laborde faoliyatini „Academia“ futbol klubida boshlagan. U asosiy tarkibdagi oʻrin uchun raqobatda gʻalaba qozona olmagan va mavsum oxirida Braziliyaning „Náutico“ jamoasiga oʻtgan. Yangi jamoada ham Ricardo Alexis oʻzini koʻrsata olmagan va Yevropaga joʻnab ketgan. 2008-yilda u Shveytsariyaning „Lugano“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2-noyabr kuni „Schaffhausen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde Shveytsariya Superligasidagi ilk golini urgan.

Mavsumni Shveytsariyada oʻtkazgandan soʻng, Ricardo Alexis oʻz vatanida faoliyatini qayta tiklashga qaror qilgan va „Atlético Huila“ futbol klubiga oʻtgan. 2010-yil 20-fevralda Mustang kubogida „Deportivo Pereira“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 9-may kuni „Independiente Medellin“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde „Atlético“ safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan.

2010-yilning yozida Ricardo Alexis Kiprning „Anorthosis“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 19-avgust kuni Yevropa ligasi doirasida „CSKA Moskva“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Famagusta“ futbol klubi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Laborde maydonga tushganidan atigi 12 daqiqa oʻtib jarohat olgan. 8-noyabr kuni „Paphos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kipr chempionatida debyut qilgan. 2011-yilning 8-yanvarida „APOEL“ futbol klubiga qarshi derbida Ricardo Alexis „Anorthosis“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2012-yilda klub rahbariyati Labordening transferini „Atlético Huila“ futbol klubidan sotib olgan. Oʻsha yili Ricardo Alexis jamoaga Kipr kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.

2013-yilning yozida u Rossiyaning „Krasnodar“ futbol klubiga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,7 million yevroni tashkil qilgan. 21-iyul kuni „Rostov“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Laborde ikkinchi boʻlimda Sergey Petrovning oʻrniga premyer ligada debyut qilgan. 2014-yil 20-aprel kuni Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda u „Krasnodar“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Oʻsha yili Ricardo Alexis klubga Rossiya kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 18-sentabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Lill“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urgan va „Krasnodar“ futbol klubining durangga erishishiga yordam bergan. 2015-yilning 15-avgustida „Zenit“ futbol klubiga qarshi safar o‘yinida Laborde yangi mavsumdagi ilk golini urgan.

2018-yilning yozida Labordening „Krasnodar“ futbol klubi bilan shartnomasi tugagan va u „Anorthosis“ futbol klubiga erkin agent sifatida qaytgan.

2020-yil aprel oyida u 32 yoshida nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz