Ricardo Horta




Ricardo Jorge da Luz Horta (talaffuzi: Rikardo Xorxe da Luz Xorta) — portugaliyalik futbolchi, „Braga“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ricardoning ukasi Andre, u ham professional futbolchi.

Jamoalardagi faoliyati



Ricardo Horta futbol oʻynashni „Benfica“ akademiyasida boshlagan, 2011-yilda u „Vitoria Setúbal“ning yoshlar tizimiga oʻtgan. 2013-yilning 7-aprelida u Sangrish Ligada Ricardo Horta „Ave“ga qarshi debyut qilgan. 9-dekabr kuni „Akademiklar“ga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta yangi jamoasi safidagi ilk golini urgann.

2014-yilning yozida Ricardo Horta Ispaniyaning „Málaga“ jamoasiga oʻtdi[3]. 23-avgust kuni u La Ligadagi debyutini „Athletic Bilbao“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. 2015-yilning 6-yanvarida „Levante“ga qarshi Ispaniya kubogi o‘yinida Ricardo Horta „Málaga“ safidagi ilk golini urdi. 28-fevral kuni „Getafe“ga qarshi oʻyinda u Ispaniya chempionatidagi ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi



2013-yilda Ricardo Horta 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ispaniya, Gollandiya, Litva va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gollandiyaliklarga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta gol urdi.

2014-yil 7-sentyabrda Albaniyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Ricardo Horta Portugaliya terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi bo‘limda Uilyam Karvalyu o‘rniga maydonga tushdi.

2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ricardo Horta Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ispaniya va Makedoniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2022-yil may oyi oxirida u yana Fernando Santosdan UEFA Millatlar Ligasi 2022-2023 oʻyinlari uchun asosiy jamoaga chaqiruv oldi. 2-iyun kuni u Rafael Leau oʻrniga zaxiradan maydonga tushganidan 10 daqiqa oʻtib Ispaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Xuan Kanseloning golli uzatmasi bilan Selesao darvozasini ishgʻol qildi.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz