Ricardo Esgaio




Ricardo de Sousa Esgaio (talaffuzi: Rikardo de Sousa Eshgayu) 1993-yil 16-mayda Portugaliyada tavallud topgan. Portugaliyalik futbolchi „Sporting“ klubi himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Jamoalardagi faoliyati



Ricardo de Sousa Esgaio „Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 7-dekabrda Yevropa ligasi doirasida Vengriyaning „Videoton“ jamoasiga qarshi o‘yinda u „Lissabon“ jamoasi safida debyut qildi. 2013-yil 5-yanvarda „Pacos de Ferreira“ga qarshi oʻyinda Ricardo de Sousa Esgaio Sangrish ligasida debyut qildi.

2015-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Ricardo de Sousa Esgaio „Academica“ klubiga ijaraga oʻtdi. 1 fevral kuni „Maritimo“ga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qildi. Ijara muddati tugagach, Ricardo de Sousa Esgaio „Sporting“ klubiga qaytdi.

2017-yilning yozida Ricardo de Sousa Esgaio „Braga“ga koʻchib oʻtdi. 9-avgust kuni poytaxtning „Benfica“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi. 20-avgust kuni „Aves“ga qarshi kechgan bahsda Ricardo de Sousa Esgaio „Braga“ safidagi ilk golini urdi.

2021-yil 3-iyulda u „Sporting“ga qaytdi va 5 yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyerasi



2013-yilda Ricardo de Sousa Esgaio yoshlar terma jamoasi tarkibida Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shimoliy Koreya, Nigeriya va Gana terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilda Ricardo de Sousa Esgaio Portugaliya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Gonduras, Jazoir va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Jamoalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz