Ricardo Carvalho
Rikardu Albertu Silveyra Karvalyu (portugalcha: Ricardo Alberto Silveira Carvalho; 18 may 1978 yil, Amarante, Portugaliya) — Portugaliyalik futbolchi, himoyachi. Real Madrid jamoasi oʻyinchisi.
Faoliyati
Rikardu oʻzining faoliyatini „Leka“da boshladi. „Portu“ safiga qoʻshilishi bilan uni „Vitoriyu Setubal“ va keyin „Alverka“ jamoalariga ijaraga berildi.
„Portu“ jamoasi faxriysi himoyachi Jorje Koshta „Charlton“ga ijara berib yuborilgandan soʻng, Karvalyu oʻzining mahoratini koʻrsatish uchun imkon tugʻildi. Rikarduga omad kulib boqdi, u xalqaro miqyosda yaxshi himoyachi ekanligi tan olindi. U Chempionlar ligasi oʻyinlarida muntazam qatnashdi. Soʻnggi mavsumda u Yevro-2004 musobaqasida Gretsiya bilan boʻlgan magʻlubiyatli oʻyindan soʻng, Portugaliya terma jamoasida oʻynab yurgan Fernando Koutuning oʻrnini egalladi.
Joze Mourinyo Chelsea murabbiyi boʻlishi bilan Karvalyuni oʻz jamoasiga chaqirib oldi. Jamoaga markaziy himoyachi juda muhim edi, yangi murabbiy esa oʻzining eng ishonchli himoyachisini olishni maʼqul koʻrdi.
Portu koʻplab yutuqlar va kuboklarni qoʻlgan kiritgan oxirgi omadli ikki yilida asosiy oʻyinchisi aylanib boʻlgan Rikardu, Chelseaga oʻtgandan soʻng, Marsel Desayining oʻrniga maydonga tusha boshladi. Dunyoning grand jamoalari qiziqayotgan futbolchini oʻz safiga qoʻshib olgan „Chelsea“ ham bundan xursand edi.
Bu markaziy himoyachi nafaqat oyoqda faol harakat qiladi, balki boshda ham yaxshi oʻynay oladi. Rikarduning terma jamoa safida Yevro-2004dagi ajoyib oʻyinlari, uning UEFA tomonidan tuzilgan ramziy terma jamoa safiga kirishiga ham sabab boʻldi.
10 avgust 2010 yili futbolchi Real Madrid bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Transfer miqdori 9 mln. yevroga teng boʻldi.
31 avgust 2011 yili Portugaliya termasida boshqa oʻynamasligini eʼlon qildi. Bunga sabab unga nisbatan hurmatsizlik qilishganligi bilan izohladi.
Shaxsiy hayoti
Rikardu Karina ismlik portugal qizga uylagan. Ularning bir oʻgil va bir qizlari bor. Ularning ismlari Rodrigo va Rachel.
Ishtirok etish statistikasi
20 noyabr 2011 yil holatiga.
Jamoa
Terma jamoa
Erishgan natijalari
Portu
Chelsea
Real Madrid
Portugaliya terma jamoasi
Shaxsiy
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org