Ribosoma
Ribosoma — bu oqsil biosintezida qatnashadigan hujayraning eng muhim nomembran organellasi. Ribosomada iRNK asosida aminokislotalardan tashkil topgan oqsil zanjiri hosil boʻladi. Bu jarayon translyatsiya deb nomlanadi. Ribosomalarning shakli sferik yoki ellipsoiddir, ularning diametri prokariotlarda 15-20 nanometr, eukariotlarda 25-30 nanometr tashkil etadi. Ikki subbirlikdan tashkil topgan.
Eukariotlar hujayrasida ribosomalar endoplazmatik rettikulum memranasiga bogʻlanib yoki sitoplazmada erkin holatda joylashishi mumkin. Kopincha bir necha ribosomalar bogʻlashib poliribosoma (polisoma) tashil etishi mumkin. Eukariotlar hujayrasida ribosomalar yadrocha deb nomlanadigan maxsus yadro apparatida hosil bolishadi.
Ribosomalarining sedimentatsiya koeffitsienti eukariotlarning sitoplazma ribosomalarida 80S (katta subbirlik 60S va kichik subbirlik 40S), prokariotlarda (mitoxondriya va plastidalar) ribosomalarida esa 70S (katta subbirlik 50S va kichik subbirlik 30S) ga teng.
Ribosomalar (ribonuklein kislota va ...soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir Ribosoma diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. Ribosoma mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosoma kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Masalan, prokariotlarning P. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. Ribosoma oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosoma mavjud. Ribosomaning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosoma ketmaket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday P. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan Ribosomada hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomada esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosoma soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda Ribosoma yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, Ribosoma subbirliklarini hosil kiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi.
Manbalar
Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ribosoma — bu hujayrada joylashgan, oqsillar sintezi (protein sintezi) jarayonida muhim rol o‘ynaydigan kichik organoiddir. Ribosomalar hujayraning xromosomalari tomonidan kodlangan genetik ma’lumot asosida aminokislotalardan oqsillarni yig‘ish vazifasini bajaradi.
Ribosomaning tuzilishi
Ribosomalar ikki qismdan — katta va kichik subbirliklardan tashkil topgan. Har bir subbirlik rRNK (ribosomal RNK) va oqsillardan iborat.
- Katta subbirlik aminokislotalarning peptid bog‘ini hosil qiladigan joydir.
- Kichik subbirlik esa mRNK (messenger RNA) ning kodini o‘qib, uni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.
Ribosomalar joylashuvi
- Prokaryot hujayralarda ribosomalar hujayra sitoplazmasida erkin yurgan bo‘lib, shu orqali oqsil sintezi sodir bo‘ladi.
- Eukaryot hujayralarda esa ribosomalar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: erkin ribosomalar sitoplazmada va endoplazmatik retikulumning (ER) yuzasida joylashgan. ER yuzasidagi ribosomalar esa suyuqlik orqali hujayra tashqarisiga chiqariladigan yoki hujayra membranasining qismiga aylantiriladigan oqsillarni sintezi bilan shug‘ullanadi.
Ribosomaning funksiyasi
Ribosoma asosiy vazifasi mRNKdagi genetik ma’lumotni o‘qib, uni ketma-ketlik bo‘yicha aminokislotalarga aylantirishdir. Bu jarayon translatsiya deb ataladi. Ribosomalar mRNKdagi kodonlarni (uchlik nukleotid ketma-ketligi) tanib, sellulyar tRNK (transfer RNA) yordamida mos keluvchi aminokislotalarni joylashtiradi va oqsil zanjirini hosil qiladi.
Ahmiyati
Ribosomalar hujayraning hayoti uchun juda muhimdir, chunki oqsillar — fermentlar, struktural komponentlar, va boshqa ko‘plab biologik faol molekulalar — ribosomalarda sintezlanadi. Ularning faoliyatsizligi yoki buzilishi hujayra metabolizmining buzilishiga, kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Xulosa
Ribosoma — bu barcha tirik organizmlarda joylashgan va genetik kodni oqsilga aylantirishga xizmat qiluvchi muhim organoid hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri ishlashi hujayraning normal faoliyati va rivojlanishi uchun zarurdir.