Rhode Island




Rod-Aylend — AQShning Atlantika okeani soxilidagi shtat, Yangi Angliyada. Maydoni 3,1 mingkm². Aholisi 1,1 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi, yirik shahri va asosiy porti — Providens. Rod-Aylend hududi boʻyicha eng kichik, birok, aholisi nisbatan zich, sanoati rivojlangan shtatlardan. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: toʻqimachilik, turli xil mashinasozlik va metallsozlik, rezina, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, galantereya, poligrafiya sanoatlari. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik yetakchi oʻrinda. Shaqar aholisi isteʼmoli uchun sutli mahsulotlar tayyorlanadi, parrandachilik, mevachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz