Rhiannon Clements
Rhiannon Grace Clements (1-dekabr, 1994-yil, Blackburnda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U Live and Recorded Arts akademiyasida oʻqiyotganda teatr spektakllarida rol oʻynay boshlaydi va 2019-yilda Spotlight mukofotida "Eng yaxshi sahna aktrisasi" nominatsiyasiga sazovor boʻladi.
Aktrisa, keyinchalik, 2020-yildan 2021-yilgacha Channel 4da efirga uzatilgan Hollyoaks serialida Summer Ranger rolini ijro etgan. Ushbu roli uchun Clements 26-National Television Awards mukofotlarida "Newcomer" (Debyutini nishonlagan aktrisa/aktyor) nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, u 2021-yilgi Inside Soap mukofotlarida uchta nominatsiyani qoʻlga kiritgan.
Yoshligi
Clements Angliyaning Blackburn shahrida tugʻilgan. Uning soʻzlariga koʻra, shahar hamma bilan doʻstona munosabatda boʻlgani uchun uning qalbida „alohida oʻrin“ga egadir. U chap qoʻl kaltaligi kasalligi bilan tugʻilgan. Nogironligi sababli, Rhiannon ekranda nogironlar vakilligi yoʻqligi sababli koʻngilochar industriyada martaba bilan shugʻullana olmasligiga ishonib oʻsgan.
Toʻrt yoshida Clements oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish uchun onasi tomonidan raqs darslariga yoziladi, lekin, u raqs unga toʻgʻri kelmasligini his qiladi va buning oʻrniga oʻzini yoshlar teatri kurslariga yozdiradi. Aktrisa Clitheroe shahridagi Ribblesdale oʻrta maktabida tahsil olgan, keyinchalik, Darven Aldridge Jamoat Akademiyasida va ALRA Northda tahsilni davom ettiradi. U yerda Rhiannon aktyorlik yoʻnalishida oʻqigan.
Faoliyati
2018-yilda Clements The Tempest spektaklida professional sahnadagi debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik, u boshqa turli sahna spektakllarida, jumladan, Alisa moʻjizalar mamlakatida, Wuthering Heights va The Glass Menagerie kabi pyessa va filmlarda rol oʻynaydi. 2019-yilda u Spotlight mukofotida eng yaxshi sahna aktyori nominatsiyasida taqdirlanadi.
Hakamlardan biri Clementsning chiqishlarini tantanali marosimdagi ajoyib harakat sifatida taʼkidlab, tomoshabinlar bilan yaxshi bogʻlanganligini taʼkidlaydi. 2019-yilda Manchesterga ko‘chib o‘tgandan so‘ng turli rollar uchun tinglovdan oʻtadi va Clements BBCDoctor Who serialining ikki epizodida Bescot rolini o‘ynagan. 2020-yilda aktrisa Cormacning (James Gaddas) otasi Summer Ranger rolida Hollyoaksning CHannel 4 seriali aktyorlari tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilinadi.
Filmografiyasi
Sahnalarda
Mukofotlar va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org