Rhea Chakraborty
Rhea Chakraborty (1992-yil 1-iyulda tugʻilgan) - hind aktrisasi va VJ (vidjey). U oʻz faoliyatini MTV India telekanalida VJ (vidjey- didjeyga oʻxshash kasb) sifatida boshlagan. U 2012-yilda telugu filmi "Tuneega Tuneega" deb nomlangan filmda aktyorlik debyutini qildi va keyinchalik hind filmi „Mere Dad Ki Maruti“ filmida paydo boʻldi.
Yoshlik yillari
Rhea Chakraborty bengal oilasida tugʻilgan. Karnataka shtatidagi Bangalor shahrida voyaga yetgan. Uning otasi Hindiston armiyasi zobiti edi. U oʻqishni Ambaladagi Ambala Kantt harbiy maktabida olgan.
Faoliyati
Rhea televizion karyerasini 2009-yilda MTV Indianing telekalanida „TVS Scooty Teen Diva“ koʻrsatuvida qatnashishdan boshlagan. Keyinchalik u MTV Dehlida VJ boʻlish uchun tanlangan. U bir nechta MTV shoularini, jumladan Pepsi MTV Wassup, TicTac College Beat va MTV Gone in 60 Seconds kabi koʻrsatuvlarni oʻtkazgan.
2012-yilda u telugu filmi Tuneega Tuneega bilan filmda debyut qildi va u yerda Nidhi rolini oʻynadi. 2013-yilda u Bollivudda Mere Dad Ki Maruti filmida Jaslin rolida debyut qildi. 2014-yilda u Sonali Cableda Sonali rolini oʻynadi.
2017-yilda u YRF ning "Bank Chor" filmida paydo boʻldi. U shuningdek, „Half Girlfriend“ va "Dobaara: See Your Evil" filmlarida kameo (taniqli kinoqahramonning postanovkali rolda (kinoekranda, teatral postanovkada, videooʻyinda va boshqalar) epizodik paydo boʻlishi) rollarini ijro etdi. 2018-yilda u "Jalebi" filmi sujetida debyutant Varun Mitraga qarama qarshi rolda ijod qildi.
U 2020-yilda "The Times of India" jurnalining “Eng orzu qilingan ayollari” roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.
Shaxsiy hayoti
Chakraborty aktyor Sushant Singh Rajput bilan 2019-yil aprel oyida uchrasha boshlagan. U 2019-yil sentabrida akasi va Rajput bilan hamkorlikda Vividrage Rhealityx nomli sun’iy intellekt kompaniyasiga asos solgan. Er xotin 2019-yil dekabr oyida yangi uyga birga koʻchib oʻtdi. 2020-yil 14-iyun kuni Rajput koʻchib ketganidan olti kun oʻtib Mumbayning Bandra shahridagi uyida oʻz joniga qasd qilib vafot etdi.
Sushant Singh Rajputning oʻlimi
25-iyul kuni Rajputning oilasidan otasi, oʻzi yashaydigan Patna politsiyasiga Chakraborty va boshqa bir qancha shaxslarni oʻz joniga qasd qilish, noqonuniy harakatlar, noqonuniy garovga olish, oʻgʻirlik, ishonchni suistemol qilish va turli xil jinoyatlar boʻyicha aldashda ayblab, dastlabki ayblov arizasini beradi. Rajputning otasi arizada, qizini singlisiga Chakraborty tomonidan tibbiy kvitansiyalarni oshkora qilish va uning aqldan ozganini isbotlash bilan tahdid qilgani haqida gapirganini keltirilgan. Chakraborty erining otasini arizasi boʻyicha erining oʻlimida ayblangan. 7-avgust kuni majburiy ijro boshqarmasi (Hindistonda qisqacha ED deyiladi) Chakraborty va uning ukasini pul yuvish ayblovlari boʻyicha soʻroq qildi. 19-avgust kuni Hindiston Oliy sudi politsiyaga tergovni oʻz nazoratiga olishga ruxsat berdi. Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NCB), Hindistonning giyohvand moddalarga qarshi kurash boʻyicha milliy agentligi 8-sentabr kuni Chakrabortyni, u va uning akasi Rajputga marixuana yetkazib berishga sabab boʻlganlikda ayblab hibsga oldi.
6-oktabr kuni Mumbay Sessions sudi Chakrabortyning hibsda saqlash muddatini 20-oktabrgacha uzaytirdi. Biroq bir kundan keyin unga Bombay Oliy sudi tomonidan garov puli evaziga erkinlik berildi. "Uning jinoiy javobgarligi yoʻqligi sababli, - dedi oliy sud, „u garovda boʻlganida hech qanday jinoyat sodir etmasligiga ishonish tufayli“ erkinlikka chiqariladi deb aytgan oʻz izohida. Bundan tashqari, oliy sud NCBning Chakraborty Rajputning giyohvandlikni qoʻllab-quvvatlagani va moliyalagani haqidagi ayblovni rad etdi va buning oʻrniga u ishda ishtirok etgan giyohvand moddalar sotuvchilari zanjirining bir qismi emasligini aniqladi. „U pul yoki boshqa foyda olish uchun oʻzi sotib olgan giyohvand moddalarni boshqa birovga yubormagan“, deb yozgan adliya vakili Sarang Kotval.
OAV yoritilishi 2020-yil 27-avgustda, BBC yangiliklarida Rajput vafotidan keyin Chakraborty oʻzini Hindistonning eng taniqli jurnalistlari va ijtimoiy media trollari boshchiligidagi salbiy axbarot tarqatuvchilar ichida qolganini aytib oʻtgan. Chakrabortyni ommaviy axborot vositalarida har kuni turli ayblovlar bilan ayblab chiquvchi jurnalistlar maqolalari bilan toʻlib toshib ketadi. Shunda Chakraborty suddan unga nisbatan qoʻllanilayotgan ayblov ishini ommaviy axborot vositalarida asossiz ravishda yoritilmasligini soʻragan va sud uning iltimosini ijobiy hal qilgan.
2020-yil sentabr oyida jurnalist Sushant Singh „Rajputning oʻz joniga qasd qilishi“ nomli maqolasida ushbu ishlarga chuqur toʻxtalib oʻtgan. Boshqa taniqli jurnalistlarning ham xulosasiga koʻra, uning boʻyniga qoʻyilayotgan ayblovlari atrofida yuzaga ommaviy axborot vositalaridagi axborotlar atay uyishtirilgan va koʻpirtirilgan deb topildi.
2020-yil 7-oktabrda Chakraborti qariyb bir oylik tergov hibsxonasidan soʻng garov evaziga qoʻyib yuborilganida, South China Morning Post gazetasi “Hindistonning yirik telekanallari Hindistonning Covid-19 qarshi kurashish jarayonlarini yoritishdan ham koʻra bu ishga koʻproq vaqt ajratgan. Uzoq davom etgan tergovlardan keyin bu mish-mishlar kamaydi va Chakraborty ozod qilindi.
Filmografiyasi
Filmlar
Teleseriyal
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org