Róger Gómez
Róger Gómez Tenorio (talaffuzi: Rojer Gomez) (1965-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi Kosta-Rikalik futbolchi. Roger Gomez Tenorio xalqaro maydonda Kosta-Rika terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Kosta-Rikaning Palmar Sur shahrida tugʻilgan Gomes Municipal Osa jamoasida oʻzining proffesional faoliyatini boshlaagan. Cartagines va Herediano klublarida ham oʻynagan hamda faoliyati davomida 119 ta gol urgan. Bu gollariing 38 tasi Herediano jamoasida oʻynb yurgan paytlarida kiritgan. U 1995-yilning noyabrida Herediano tomonidan yomon mavsumdan soʻng klub faoliyatidan boʻshatilgan.
U 1986-yildan 2002-yilgacha Kosta-Rika Primerasida jami 524 ta oʻyinda maydonga tushib ularni yuqori saviyada oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati
Kosta - Rikada futbolchini El Policia laqabi bilan koʻpchilik yaxshi tanishadi. 1990-yilning may oyida Polsha terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Kosta-Rika terma jamoasi safida debyut qilgan va jami 19ta oʻyinda maydonga tushib, terma jamoa uchun 4ta gol urgan. U 1990-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan va ularning toʻrtta oʻyinidan uchtasida maydonga tushgan. U 1991-yilda UNCAF Millatlar kubogi tarixidagi birinchi golini urgan va 1991-yilda CONCACAF Oltin Kubogida ham Kosta-Rika terma jamoasi safida oʻynagan.
U 1992-yil 8-noyabrda Kosta-Rika terma jamoasidagi soʻnggi uchrashuvni Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Xalqaro maydondagi gollar
Murabbiylik faoliyati
Oʻyinchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Gomez murabbiylik yoʻlini tnalagan. Uning ilk murabbiy boʻlgan klubi bu Osa. Shundan keyin Gomez Kosta-Rikaning bir qancha mahalliy jamoalar hamda Panamaning „Atletiko Veragüense“ jamoasini boshqargan.
Manbalar
uz.wikipedia.org