Revutskiy Lev Nikolayevich




Lev Nikolayevich Revutskiy [1889.8 (20).2, Chernigov viloyati — 1977.30.3, Kiyev] — ukrain kompozitori, pedagog, musiqajamoat arbobi. Zamonaviy ukrain musiqasi asoschilaridan. Xalq, artisti (1944), professor (1935), Ukraina fanlar akademiyasi akademik. (1957), Mehnat Qahramoni (1969). Kiyev konservatoriyasi hamda Kiyev universitetini tugatgan (1916). Kiyev konservatoriyasida oʻqituvchi (1924—41 va 1944-yildan), Toshkent konservatoriyasida kafedra mudiri (1941—44). Milliy simfoniya va konsert janrlariga asos solgan. Ayniqsa, xor va ovoz yoki fortepiano uchun qayta ishlangan ukrain xalq qoʻshiklari mashhur.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz