Retikuloendotelial tizim
Retikuloendotelial tizim (RES yoki RET) - bu organizmdagi barcha makrofaglar va monotsitlarni oʻz ichiga olgan tizim hisoblanadi. Makrofaglar odatda harakatchan hujayralar boʻlib, ular toʻqimalar boʻylab kezib yurishga qodir. Biroq, toʻqimaga kirgandan va makrofagga aylanganidan soʻng, monotsitlarning boshqa katta bir guruhi toʻqimalarga yopishadi va toki maxsus mahalliy himoya funksiyasini bajarishga chaqirilmaguncha oylab, hatto yillab shu yopishgan holatda turadilar. Ularning bakteriya, virus, nekrotik toʻqima yoki toʻqimadagi boshqa yot zarrachalarning katta miqdorini fagotsitoz qilish qobiliyati harakatchan makrofaglarnikidan qolishmaydi. Agarda ularga muvofiq stimul berilsa, ular oʻzlari yopishgan joydan ajrala oladi hamda qaytadan
xemotaksis qobilyatiga ega boʻladi. Organizmda deyarli hamma toʻqima sohalarida keng tarqalgan monotsit-makrofag yoki retikuloendotelial tizim mavjud.
Tarixi
1920-yilda RES atamasi fanga
Lyudvig Ashoff tomonidan kiritilgan boʻlib, u sutemizuvchilar va boshqa umurtqali hayvonlarning tomiri ichiga patogenlarni yuborganda ularni maxsus ravishda yigʻuvchi (masalan, jigar sinusoidlarida) aʼzolar va ullarning hujayralari borligini eʼtirof etadi. Limfa sinuslarini qoplaydigan hujayralar, buyrak usti bezlari, gipofiz va suyak iligi kapillyarlarida ham kamroq miqdorda aniqlangan.
Oʻpkalardagi alveolyar makrofaglar
Alveolyar devorlarda ularning ajralmas qismi boʻlgan juda koʻp makrofaglar mavjud. Ular alveolaga kiradigan har qanday zarrachani fagotsitoz qila oladi. Agar kirgan zarrachani hazm qilib boʻlsa, makrofaglar ularni hazm qiladi va undan chiqqan mahsulotlarni limfaga ajratadi. Mabodo hazm boʻlmaydigan zarracha boʻlsa, makrofaglar uning atrofida toki u asta-sekin yemirilguncha gigant hujayra kapsulasini hosil qilib oʻrab oladi.(Kalsinatsiya). Bunday kapsulalar koʻpincha sil batsillasi, silikat chang zarrachalari yoki hatto uglerod zarrachalari atrofida ham hosil qilinadi.
Jigar sinusoidlaridagi makrofaglar (Kupfer hujayralari)
Bakteriyalar organizmga kirishi mumkin boʻlgan yoʻllardan yana biri bu ovqat hazm qilish traktidir. Yutilgan ovqat bilan juda koʻp bakteriyalar oʻzgarishga uchramasdan meʼda-ichak shilliq qavatidan portal (darvoza vena) tizimidagi qonga oʻtadi. Bu qon umumiy sirkulyatsiyaga oʻtishdan oldin
Kupfer hujayralari deb nomlangan toʻqima makrofaglari bilan oʻralgan, jigar sinusoidlaridan oʻtadi. Bu hujayralar shunday effektiv zarracha filtratsiyasini amalga oshiradiki, natijada hazm qilish traktidan portal qon orqali katta qon aylanish doirasiga deyarli birorta bakteriya oʻta olmaydi. Darhaqiqat, Kupfer hujayralarning fagotsitozini namoyish etuvchi videotasvirlarda ularning bitta bakteriyani fagotsitoz qilishiga 0,01 sekunddan ham kamroq vaqt yetarli boʻlganini koʻrish mumkin.
Taloq va suyak koʻmigi makrofaglari
Yuqumli mikroorganizm umumiy sirkulyatsiyaga kirishga muvaffaq boʻlgan taqdirda ham, organizmda toʻqima makrofag tizimi orqali amalga oshiriluvchi yana bir himoya qobigʻi bor. Bu himoya taloq va suyak koʻmigidagi makrofaglardir. Bu ikkala toʻqimada ham makrofaglar shu ikki aʼzoning toʻrsimon (retikulyar) tarmogʻiga yopishib turadi va yot zarrachalar shu makrofaglar bilan toʻqnash kelganda, ular darhol fagotsitoz qilinadi. Taloq limfa tugunlariga oʻxshaydi, faqat taloq boʻshligʻida limfa oʻrniga qon oqadi. Taloq kapillyarlar devori teshiklarga juda boy boʻlib, hamma qonning kapillyardan chiqib qizil pulpa naylariga oqib oʻtishiga imkon beradi. Soʻngra qon shu naylarning trabekulyar tarmogʻi boʻylab siqilib oʻta boshlaydi va nihoyat venoz sinuslarning endotelial devori orqali sirkulyatsiyaga qaytadi. Qizil pulpaning trabekulalari va venoz sinuslar koʻp sonli makrofaglar bilan qurshalgan. Qonning qizil pulpa naylari orqali bunday ajoyib oqimi qondagi yot zarrachalarni, ayniqsa qari va nuqsonli eritrotsitlarni fagotsitoz qilish uchun samarali yoʻl boʻlib hisoblanadi.
Fagotsitlar
Fagotsitlar – fagotsitoz qilinishi kerak boʻlgan materialga nisbatan selektiv boʻlishi zarur, yoʻqsa ular normal hujayralar va organizm tuzilmalarini ham parchalab yuborishi mumkin. Faqat yot moddalar parchalanishi 3 ta selektiv jarayon orqali taʼminadi:
Farb indeksi
Farb indeksi deb nomlanga atama – rang koʻrsatkichni bildiradi va uni yanada osonroq topish yoʻli quyidagicha hisoblanadi: tahlildagi Hb miqdorini 3 ga koʻpaytirib, chiqqan natija eritrotsitlar miqdoridagi dastlabgi 3ta raqamga boʻlinadi. Masalan: UQT ida Hb = 140 Eritrotsitlar = 4.8mln/mm boʻlsa,
140 x 3 / 480 = 0.875 koʻrinishida hisoblanadi. Chiqqan natija bemor eritrotsitlarining Hb ga toʻqinganlik darajasini bildiradi. (Rang koʻrsatkichni). Normada
RK=0.85-1.05 Manbalar
uz.wikipedia.org