Restless Valley: Revolution, Murder, and Intrigue in the Heart of Central Asia




„Restless Valley: Revolution, Murder, and Intrigue in the Heart of Central Asia“ („Notinch vodiy: Oʻrta Osiyo markazida inqilob, qotillik va fitna“) — rossiyalik-amerikalik jurnalist Philip Shihkin qalamiga mansub kitob. 2013-yil AQShning New Haven va Buyuk Britaniyaning London shahrida Yale University Press nashriyotida chop etilgan. 2014-yil qayta nashr qilingan. Kitobda 20-asr oxiri — 21-asr boshida Oʻrta Osiyo, xususan, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston hamda Afgʻoniston davlatlaridagi siyosiy hayot hamda oddiy aholi turmush tarzi haqida soʻz yuritiladi.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Robert Legvold Foreign Affairs jurnali uchun yozgan taqrizida kitobni yuqori baholadi: „[Shishkin] Qirgʻizistonning 2005-yilgi Lola inqilobi davomida Bishkek koʻchalarida hamda isyonchilar ijro etuvchi hokimiyat joylashgan Oq uyni talayotganida oʻsha yerda boʻlgan. 2005-yilgi aksilhukumat namoyishlar davomida oʻzbek qoʻshinlari Andijonda qilgan qirgʻinni koʻrish uchun politsiya toʻsiqlarini yashirin tarzda chetlab oʻtgan. Tuzumi oʻtmishdoshi korrupsiyasidan oʻzib ketgan prezident Qurmanbek Bakiyevni hokimiyatdan chetlatgan 2010-yilgi inqilob fonida mamlakatga qaytgan. Shuningdek, Shishkin koʻp oʻtmay Fargʻona vodiysida oʻzbeklar va qirgʻizlar oʻrtasida boshlanib ketgan mikro fuqaroviy urush davomida mintaqada qolgan. U Afgʻonistondan Oʻrta Osiyoga geroin tashiluvchi yoʻl boʻylab sayohat qilgan, qirgʻiz va oʻzbek rasmiylari xush koʻradigan qotillik, qiynoq va korrupsiyaning koʻplab qurbonlaridan intervyu olgan. Yoqimsiz, lekin jonli tasvir.“ Ammo muallif kitobda koʻrib chiqilgan davrning eng muhim hodisalaridan biri — Qirgʻiziston janubida oʻzbeklar va qirgʻizlar oʻrtasida sodir boʻlgan milliy nizoga faqat qisqacha toʻxtalib oʻtgani tanqidga uchradi.

Boʻlimlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz