Respublika kuni (Turkiya)
Respublika kuni (turkcha: Cumhuriyet Bayramı) Turkiyada va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasida milliy bayramdir hisoblanadi. 1923-yildan buyon Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi sharafiga har yili nishonlanadigan bayramdir.
Tarixi
1923-yil 29-oktabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani
Respublika deb e’lon qildi va bu voqea sharafiga milliy bayram sifatida
Respublika (Jumhuriyat) kuni tashkil etildi. Turkiya 1920-yilning 23-aprelida Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil etilgandan beri amalda respublika boʻlgan, biroq Turkiya Respublikasining rasmiy eʼlon qilinishi oradan uch yarim yil oʻtibgina sodir boʻldi.
1923-yil 29-oktyabrda davlatning respublika maqomi eʼlon qilindi va uning rasmiy nomi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) „Turkiya Respublikasi“ boʻldi. Shundan soʻng Turkiya Buyuk Millat Majlisida ovoz berish boʻlib oʻtdi, uning natijalariga koʻra Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti boʻldi.
Eslatmalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org