Resnitsi




Resnitsi “ (ruscha: Ресницы, yaʼni „Kipriklar“) — „Bratya Grim“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yilning 11-mayida guruhning „Bratya Grim“ nomli albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Albomga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matni va kuyini guruh aʼzolari, aka-ukalar Boris Burdayev va Konstantin Burdayevlar yozgan. Qoʻshiq Rossiyada xitga aylangan va guruhga katta shuhrat olib kelgan.

Tarona Rossiyada va ayrim MDH mamlakatlariga xitga aylangan. Guruh qoʻshiq uchun 2005-yilda „Zolotoy grammofon“ hamda „Pesnya goda“ mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, qoʻshiq 2006-yil „Fuzz“ jurnalining „Eng yaxshi qoʻshiq“ (ruscha: Лучшая песня) nominatsiyasida mukofoti bilan taqdirlangan.

„Resnitsi“ qoʻshigʻi uchun sodda klip suratga olingan. Undan guruh aʼzolari qoʻshiqni koʻp qavatli imorat tomida ijro etayotgani tasvirlangan. Klip rus musiqa telekanallarida keng efirga uzatilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz