Resident Evil: Welcome to Raccoon City
Resident Evil: Welcome to Raccoon City (tarjimasi „Resident Evil: Raccoon-Sitiga xush kelibsiz“) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan va Johannes Roberts tomonidan suratga olingan jangari va dahshatli janrdagi filmdir. Resident Evil filmlar seriyasining yettinchisidir. Film gʻoyasi Capcom nomli yapon shirkati tomonidan yaratilgan shu nomli videooʻyinga asoslangan. Filmda bosh rollarni ijro etganlar sirasiga Kaya Scodelario, Hannah John-Kamen, Robbie Amell, Tom Hopper, Avan Jogia, Donal Logue va Neal McDonough kirishadi.
Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmining umumjahon premyerasi 2021-yilning 19-noyabrida Parijdagi Grand Rex kinoteatrida boʻlib oʻtdi. Sony Pictures Releasing tarafidan 2021-yil 24-noyabrda AQSh kinoteatrlarida namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq uning videooʻyinga sodiqligi maqtovga sazovor boʻldi. Kartina umumjahon boʻylab $31 million daromad qildi.
Mazmuni
Claire Redfield va uning ukasi Chris Raccoon-Siti mehribonlik uyida yashovchi bolalardir. Claire Lisa Trevor ismli tajribalar tufayli tashqi qiyofasi buzilgan qiz bilan tanishadi va u bilan doʻstlashadi. Umbrella korporatsiyasidan doktor William Birkin ushbu mehribonlik uyini boshqaradi hamda undagi bolalardan oʻzining tadqiqotilari uchun tajriba oʻlaroq foydalanadi. Claire shu kabi tajribalardan birida ishtirok etish uchun tanlanganida Birkindan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.
Rollarda
Tanqid
Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmi Metacritic kinotanqid saytida 44%, Rotten Tomatoes kinotanqid saytida esa 29% ijobiy baholandi..
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org