Resident Evil 4 (o'yin, 2005)
Resident Evil 4 ( inglizchadan — Yovuzlik maskani 4), Yaponiyada Biohazard 4 (バイオハザード4) nomi bilan tanilgan – kompyuter oʻyini, asosiy Resident Evil seriyasidagi oltinchi oʻyin (oldingi ikkitasi Resident Evil Zero va Resident Evil Code: Veronika edi). Oʻyin syujeti Resident Evil 2 filmidagi Leon Skott Kennedi va Ada Vong qahramonlari, shuningdek, Resident Evil Zero, Resident Evil Code: Veronika va Resident Evilning antagonisti Albert Veskerning hikoyasini davom ettiradi.
Oʻyin voqealari 2004-yilda, Resident Evil 2 va Resident Evil Code: Veronika voqealaridan olti yil oʻtgach, Leon Ispaniyaning chekka qishlogʻiga topshiriq bilan yuboriladi, u yerda AQSh prezidentining qizi Eshli Gremni qutqarishi kerak. U yerda yana Albert Vesker qoʻlida ishlaydigan Ada Vong bilan uchrashadi. Oʻyinni asosiy syujetini yakunlaganingizdan soʻng, yangi Seperate ways va Assigment Ada nomli Ada Vong sifatida oʻynash mumkinboʻlgan qoʻshimcha ssenariylarda paydo boʻladi. Veskerni ushbu qoʻshimcha ssenariylarda koʻrish mumkin. Shuningdek oʻyinda Vesker va boshqa personajlar sifatida oʻynashga imkon beruvchi Mercenaries rejimi ham bor.
2022-yil 3-iyunda xuddi shu nom ostida remeyk eʼlon qilindi va 2023-yil 24-martda sotuvga chiqdi.
Bonus rejimlar
Oʻyinning PlayStation 2, PlayStation 3, Xbox 360, Windows va Wii versiyalarida asosiy syujetni tugatgandan soʻng, oʻyinchi uchun qoʻshimcha tarzda quyidagi bonus rejimlari ochiladi:
Syujeti
2004-yil, sobiq Rakun Siti politsiyasi xodimi Leon Skott Kennedi AQSh hukumati agenti sifatida, sirli kult tomonidan kollejdan oʻgʻirlab ketilgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining qizi Eshli Gremni topishga kirishadi.
Leon olis ispan qishlogʻiga keladi, lekin mahalliy aholi bilan aloqa oʻrnatishga urinish, butun qishloqning Leonga hech qanday sababsiz hujum qilishiga olib keladi. Leon qishloqdagi uylarning biridan mahbusni topib ozod qiladi. Shundan soʻng mahalliy lider Bitores Mendez boshchiligidagi qishloq aholisi paydo boʻladi. Yangi tanishi bilan birga Leon qoʻlga olinadi va keyin Las-Plagas deb nomlanuvchi aqlni boshqaradigan virusni Leonga ukol yordamida yuborishadi.
Leon Madrid sobiq politsiyachisi boʻlgan Luis Sera bilan orqasidan bogʻlangan holda omborxonada oʻziga keladi. Asirlar oʻrtasidagi suhbatni toʻsatdan katta boltasi bilan, mahalliy aholidan biri ularni oʻldirishga harakat qiladi. Ular oʻzlarining kishanlaridan xalos boʻlishga muvaffaq boʻlishadi. Leon Seradan Eshlini cherkovda ushlab turishganini bilib oladi.
Karyer va ombordan oʻtib, Leon yana Bitores Mendez bilan uchrashadi. U Leonda virus yuqqanini payqab uni ozod qiladi. Qahramon qishloqqa cherkovdan topilgan yashirin oʻtish joyi orqali qaytadi va cherkov bilan qabristondan oʻtib, koʻlga boradi, hovuzni kesib oʻtish niyatida motorli qayiqqa oʻtiradi va u yerda unga „Del Lago“ (ispancha: Del Lago) deb nom olgan katta kaltakesak hujumiga uchraydi.
Cherkovda Leon nihoyat Eshlini topishga erishadi va sekta rahbari Ozmund Saddler bilan uchrashishga muvaffaq boʻladi, Saddler prezidentning qiziga ukol qilingan virusdan foydalanish rejalarini Leonga oshkor qiladi. Saddlerning fikriga koʻra, parazit Eshli uyiga qaytganidan keyin Qoʻshma Shtatlarda katta falokat keltirib chiqarishi kerak edi.
Qishloqdan qochib, Leon va Eshli Ramon Salazar qal’asidan boshpana topishga harakat qiladilar, ammo u yerda ham hujumga uchrashadi. Leon va Eshli boshqa-boshqa joylarda oʻzlariga keladi. Oʻsha vaqtda Sera Leon va Eshli uchun viruslarining taʼsirini sekinlashtirish yoʻlini qidirardi. Saddler Luisni oʻldiradi va Las Plagas namunasini qoʻlga kiritadi. Qal’ada Leonning eski tanishi boʻlgan Ada Vong oʻrtasida qisqa uchrashuv boʻlib oʻtadi va Salazarni oʻldiradi. Endi uning yoʻli Eshli saqlanayotgan oroldagi tadqiqot markaziga borish edi. Orolda Leon oʻzining sobiq oʻrtoqlaridan biri Jek Krauser tirik ekanligini va Eshlini oʻgʻirlashda ishtirok etganini bilib oladi. Maʼlum boʻlishicha, Ada va Krauser aslida Umbrella korporatsiyasiga aloqador odamlar uchun birga ishlashmoqda. Krauserni magʻlub etgandan soʻng, Leon Eshlini qutqaradi va maxsus radioterapiya qurilmasi yordamida uning tanasidagi parazitlarni olib tashlaydi. Shundan soʻng, Leon Saddler tomonidan qoʻlga olingan Ada Vongni topadi va uning yordami bilan kult liderini magʻlub qiladi. Leon va Ada yana yoʻllarini ajraladi – Ada oʻz ish beruvchisi uchun parazitdan namuna oladi va vertolyotda majmuadan uchib ketadi. Ada Leon va Eshliga orol portlashidan oldin, reaktiv mototsiklida qochish imkoniyatini qoldiradi.
Saundtreki
2005-yil 22-dekabrda Yaponiyada
Biohazard 4 Original Soundtrack nomli Misao Senbongi (inglizcha: Misao Senbongi) va Shusaku Ushiyama (inglizcha: Shusaku Uchiyama) tomonidan yaratilgan albom chiqdi.
Adabiyotlar
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org