Reshmi Menon




Reshmi Menon - hind aktrisasi, u asosan tamil tilida suratga olingan filmlarda rol ijro qilgan.

Faoliyati



2008-yilda Menon Chennaydagi Ayollar xristian kollejida ommaviy axbarot vositalari sohasi boʻyicha oʻqiydi. U ommaviy axborot vositalari sohasini yaxshi koʻrgani uchun oʻqishga kirgan. U Prakash Raj produseri boʻlganInidhu Inidhu (2010) filmida yaqin doʻstlari bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro qilgan. U oʻqish paytida film uchun suratga tushdi va filmda ishlash uchun WCC (Ayollar xristian kolleji)dagi darslarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi. Reshmi „Inidhu Inidhu“da aktyorlik debyut qilgan bir qancha yangi kelganlardan biri edi. Telugu tilidagi „Happy Days“(Baxtli kunlar) filmining remeykida dastlab Tamannaah rolini oʻynagan. Tanqidchilar uning ijrosi haqida ikkiga boʻlingan. Hindlar uni “yoqimli topilma” deb hisoblagan boʻlsada, Sifyda ishlovchi tanqidchi jurnalist uni rol ijro etishga yaramaydi deb baholagan. Asl film rejissori Sekhar Kammula Tamannaning rolini unutganini va Reshmini asosiy nomzod sifatida koʻrishini aytdi.

Keyin Reshmi Janaki Vishwanatan tomonidan suratga olingan „Om Obama“ mustaqil filmida rol oʻynadi. Film 2010-yilda 35 kun davomida suratga olingan, lekin hozirgi kungacha ekranlarga chiqarilmagan.

2011-yilda uning ikkinchi relizi Theneer Viduthi musiqa direktori S.S. Kumaranning rejissorlik boʻyicha dastlabki roli boʻlgan. Reshmi oʻzining "Inidhu Inidhu' filmidagi hamkasbi Adit Arun bilan birga „koʻpikli va gapiradigan qiz“ rolini oʻynadi. „Bodinayakkanur“ deb nomlangan qishloq haqidagi komediya filmi turli xil baholarni oldi. Reshmi ijrosini inobatga olgan holda, Sify u „oʻz xarakteriga shu qadar qulay tarzda oʻrnashib olganki, uni haqiqatan ham Bodinayakanurdan ekanligiga ishonishadi“ deb aytdi.

Uning navbatdagi relizi, komediya-trilleri „Birma“ boʻlib, uch yildan soʻng chiqdi. U koʻplab ijobiy baholarni oldi va uning ijrosi yaxshi qabul qilindi, garchi tanqidchilar uning rolini ahamiyatsiz deb bilishgan boʻlsa ham.

Uning soʻnggi filmlari orasida „Urumeen“ fantastik trilleri, „Kirumi“ „psixologik triller elementlari boʻlgan drama“, Natpadhigaram 79 Ravichandran rejissorlik qilgan doʻstlik haqidagi ertak va romantika janrdagi „Haydarobod Love Story“ nomli filmlardagi ijrolari bor.

Shaxsiy hayoti



Menon 2015-yil 8-noyabrda aktyor Bobby Simha bilan unashtirilgan va ular 2016-yil 22-aprelda turmush qurishgan. Ularning qizi Mudhra 2017-yil 2-mayda tugʻilgan. 2019-yil 11-noyabrda u ikkinchi farzandini tugʻdi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz