Reshetylivka




Reshetylivka (ukraincha: Решетилівка) — Ukraina markazidagi Poltava viloyatining Poltava tumanida joylashgan. Qishloq, ilgari Reshetylivka tumanining maʼmuriy markazi boʻlgan va aholisi:9 9,123.

Tarixi



U 1638-yilda kichik qishloq sifatida tashkil etilgan. Reshetylivka 1941-yil 22-sentyabrda nemis armiyasi tomonidan bosib olingan. 1943-yil 24-sentyabrda ozod qilingan.

Demografiyasi



Reshetylivka aholisi 2006-yilga kelib 9336 kishi edi. 2007-yilda aholi soni 9297 kishini tashkil qilgan. Yillik oʻsish sur’ati −0,28 ni tashkil qilgan.

Hukumati



Resehtylivka shahar kengashi Reshetylivka fuqarolari tomonidan saylangan 30 deputatdan iboratt. 2006-yil 26-martdan beri shahar kengashining rahbari Volodumir Viktorovich Kuzmenko. Ukraina tuman boʻlimining Davlat gʻaznachiligi ham Reshetylivkada joylashgan.

Iqtisodiyoti



Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash



Reshetylivka sariyogʻ ishlab chiqarish zavodi aholi punktida 1924-yildan beri ishlagan. Reshetylivka tuman isteʼmolchilar uyushmasi va Reshetylivka xoʻjaliklararo parrandachilik inkubatsiya korxonasi ikkalasi ham, 1936-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan jamoa xoʻjaliklaridir. Reshetylivka tuman isteʼmolchilar uyushmasining umumiy ovqatlanish korxonalari uyushmasi posyolkada 1973-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Banklar



„PRYVATBANK“ ATB, „Reshetylivka“ filiali, „Aval“, „Reshetylivka“ filiali, „Nadra“, „Idex Bank“, „OshchadBank“ aholi punktlarida joylashgan banklar.

Sanoat tashkilotlari



153-sonli Reshetylivka avtotransport korxonasi va Poltavaoblavtodor filialining Raiavtodor Reshetylivka filiali ikkalasi ham 1976-yildan beri ishlagan. 1903-yilda ochilgan Reshetylivka xususiy badiiy hunarmandchilik markazi ham aholi punktida joylashgan.

Taʼlimi



Aholi punktida sanʼat va hunarmandchilik maktabi va qishloq xoʻjaligi bilim yurti faoliyat yuritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz