Repatriatsiya




Repatriatsiya (lotincha: repatriatio — vatanga qaytish) — urush oqibatida vatanidan tashqariga chiqib qolgan harbiy asirlar va fuqarolarni, shuningdek, fuqarolik huquqi tiklangan muhojirlarni oʻz vataniga qaytarish. R. odatda, xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (Mas, harbiy asirlarni R. qilish). Shuningdek, shartnomadan tashqari asosda ham boʻlishi mumkin. Bu holda R. qilish imkoniyati manfaatdor davlat yoki davlatlar qonunlarida nazarda tutilgan boʻlishi kerak.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz