Rentgenografiya




Rentgenografiya {rentgen va ... grafiya) — obyekt (Mas, organizmning biror qismi) tasvirini rentgenogramma yordamida tekshirish; rentgenodiagnostikashshg asosiy usullaridan biri. R. paytida obyekt rentgen nurlari manbai bilan rentgenoplyonka yoki plastinkali kasseta orasida turadi. Ayrim xrllarda quyuq soya bermaydigan va atrofdagi aʼzo va toʻqimalardan yaqqol ajralib koʻrinmaydigan aʼzolarga rentgen kontrast moddalar yuborib, rentgenogrammasi olinadi. Olingan surat davolash muassasasida saqlanadigan hujjat boʻlib, bundan keyingi rentgenogrammalar bilan taqqoslashga xizmat kiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz