Renessans TV
Renessans TV – Oʻzbekistondagi umummilliy nodavlat telekanal. 2021-yil 1-sentabrda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) muassisligida tashkil etilgan.
Tarixi
2021-yil aprel oyida OʻzEOAVMA tashabbusi bilan bir qator idora va vazirliklar hamkorligida „Yangi Oʻzbekiston. Yangi nigoh“ media dasturi ishlab chiqilgan. Shu dastur doirasida 2021-yil 1-sentabrda Renessans TV tashkil etilgan va test rejimida efirga uzatila boshlangan. Telekanalning taqdimot marosimi 2021-yilning 18-oktabrida OʻzEOAVMA tomonidan tashkil etilgan Xalqaro media-xollda boʻilb oʻtgan.
Tavsifi
Renessans TV Oʻzbekistonning turli hududlaridagi 13 dan ortiq nodavlat telekanallarni birlashtiruvchi teletarmoq hisoblanadi. Hududiy telekanallar tomonidan efirga uzatilgan xabar, yangilik va tahliliy materiallarni burun respublika boʻylab namoyish etadi. Shuningdek, Renessans TV markaziy tahririyati tomonidan tasvirga olingan siyosiy-ijtimoiy dasturlar, koʻrsatuv va filmlar hududiy telekanallar tomonidan namoyish etilishi koʻzda tutilgan. Telekanal madaniy-maʼrifiy, informatsion va ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org