Renessans olimlari qomusi




Renessans olimlari qomusi — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 1 jildli diniy shaxslar haqidagi ensiklopediya. Kitob o‘zbek, ingliz va arab tillarida tayyorlangan. Unda Oʻrta Osiyodan chiqqan yoki faoliyati Oʻzbekiston tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan uch mingdan ortiq olimlar haqidagi qisqacha bio-bibliografik maʼlumotlar mavjud. Shaxslar xalqaro ko‘lamda eʼtirof etilgan arab, fors, turkiy va boshqa tillardagi manbalardan tanlab olingan. Ilmiy jamoatchilik hamda Markaziy Osiyo tarixi, madaniyati va ilm-faniga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Kitob „Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-maʼnaviy va ilmiy-madaniy markazlarning shakllanishi va rivojlanishi“ granti doirasida nashr etilgan. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz