Rene Tom




René Frédéric Thom (talaffuzi: Rene Frederik Tom) (2-sentyabr 1923-yil — 25-oktyabr 2002-yil) — fransiyalik matematik. Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1976).

Thom Ecole oliy maktabini (École Normale Supérieure) tamomlagan. Henri Cartanning shogirdi boʻlgan. Strasbourg va Grenoble universitetlarida dars bergan. 1964-yildan Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan.

Thomning asosiy asarlari algebraik va differensial topologiya sohasidadir. Thom oʻz dissertatsiyasidayoq keyinchalik kobordizmlar teoriyasi asosiga aylangan gʻoyalarni taklif qilgan. Thom kobordizmlar teoriyasi uchun 1958-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.

Thom, shuningdek, xususiyatlar nazariyasini oʻrgangan, ushbu sohaning eng taniqli boʻlimini — ommabop kitoblar orqali koʻpchilikka yaxshi maʼlum boʻlgan katastrofalar teoriyasini oʻrtaga tashlagan. Thom ushbu teoriyasini tilshunoslikdan tortib gullar shaklini tushuntirishgacha boʻlgan sohalarga tatbiq qilishga harakat qilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz