Rene jumbogʻi
„Rene jumbogʻi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub fantastik hikoya va ilmiy-fantastik qissalar toʻplami. 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga „Nomaʼlum odamlar“ hamda „Doʻstimning kashfiyoti“ hikoyalari va „Olis sayyorada“ hamda „Rene jumbogʻi“ qissalari kiritilgan.
Asarni V. Nechiporenko rus tiliga tarjima qilgan. Ruscha nashr 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.
Birinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, G. Jirnov – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, T. Gulak – texnik muharrir, M. Toirov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa. 2004-yil „Sharq“ nashriyoti „Rene jumbogʻi“ni lotin yozuvida nashr qilgan.
Qissa va hikoyalar
Hikoyalar
Qissalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org