Renato Ibarra
Alex Renato Ibarra Mina (talaffuzi: Aleks Renato Ibarra Mina) — 1991-yil 20-yanvarda Ekvadorning Ambuki shahrida tugʻilgan. „Atlas“ klubi va Ekvador terma jamoasi hujumchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Renato Ibarra „El Nacional“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2009-yil 19-iyulda „Macará“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primerasida debyut qildi. 2011-yil 9-mart kuni „Independiente del Valle“ga qarshi kechgan duelda Renato Ibarra 30 metrdan zarba berib, klub uchun birinchi golini urdi. Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng Londonning „Chelsea“ va boshqa bir qancha klublar Ibarraga qiziqish bildirishdi.
Oʻsha yilning yozida Renato Ibarra gollandiyalik „Vitesse“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 27-noyabr kuni „Twente“ga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ga debyut qildi.
Xalqaro karyerasi
2011-yildan beri Renato Ibarra Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda. Oʻsha yili u Peruda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi.
2011-yil 21-aprelda Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Renato Ibarra Ekvador terma jamoasi safida debyut qildi.
2014-yilda Renato Ibarra Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga qoʻshilgan edi.
2015-yilning yozida Renato Ibarra Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi.
Turnirda u Chili, Boliviya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Yutuqlari
Xalqaro yutuqlari Ekvador (U21) Manbalar
uz.wikipedia.org