Renato Chaves
Renato de Araújo Chaves Júnior (1990-yil 4-mayda tugʻilgan),
Renato Chaves yoki oddiygina
Renato nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi“ Yuventuda”da markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Korintians
San-Pauluda tugʻilgan Renato 2001-yilda 11-yoshida „ Korintians“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. 2008-yilning fevralida, oʻtgan yillardagi San-Paulu de Futebol Junior kubogida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng, u asosiy tarkibga koʻtarildi.
Renato oʻzining birinchi jamoasi va A Seriyadagi debyutini 2009-yilning 10-mayida oʻz uyida „Internasional“ga qarshi oʻyinda (0:1) nishonlagan. U professional futboldagi birinchi golini oy oxirida kiritdi, ammo safarda „Santos“ga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi (1:3).
Bahia va Figueirensega ijarasi 2010-yilning 16-avgustida Renato yil oxirigacha „Bahia“ga ijaraga berildi. Moslasha olmaganidan soʻng, u bir necha oy oʻtib oʻz klubiga qaytdi va 29-dekabrda bir yillik ijara shartnomasi asosida „Figeyrense“ga koʻchib oʻtdi.
Portuguesa
2011-yilning 2-iyunida, kam oʻyin amaliyoti tufayli, Renato vaqtinchalik shartnoma asosida B Seriya klubi Portuguesa jamoasiga oʻtdi. U yuqori darajaga koʻtarilgandan soʻng, 2011-yil dekabr oyida Lusa tomonidan doimiy ravishda imzolangan.
Atletiko Paranaense
2012-yil iyul oyida Renato Atletiko Paranaensega qoʻshildi va ikkinchi divizionga qaytdi. U oʻzining yangi jamoasi uchun faqat zaxira variant edi va hatto zaxira oʻrindigʻini egallash uchun ham kurash olib bordi.
2014-yil fevral oyida Renato asosiy jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligini aytib, yilgi Campeonato Paranaenseda 23 yoshgacha boʻlganlar bilan oʻynashdan bosh tortdi. Shu sabab u jazo tariqasi asosiy klubdan yanada koʻproq chetlashtirildi.
"Nautiko"ga ijara 2014-yilning iyulida, bor-yoʻgʻi toʻrtta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Renato ikkinchi diviziondagi „Nautiko“ ga, yil oxirigacha ijaraga berildi.
Ponte Preta
Muntazam ravishda oʻyin amoliyotiga ega boʻlgandan soʻng, Renato 2014-yil dekabr oyida, Furakao bilan shartnomasi tugagach „Ponte Preta“ga oʻtdi. 2015-yilning 20-oktabr kuni Braziliyada asosiy tarkibda maydonga tushganidan keyin u shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi
Fluminense
2016-yilning 13-yanvarida Renato yuqori liga ishtirokchisi Fluminense bilan ham uch yillik shartnoma imzoladi. Oʻzining birinchi yilida u asosan Gum va Henrike uchun oʻrinbosar sifatida boʻldi.
Al-Vehda
2018-yilning 4-avgustida Renato oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtdi va „Al-Vehda“da koʻplab vatandoshlari safiga qoʻshildi. U darhol oʻzining yangi klubida asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.
Al-Batin
2020-yilning 5-oktabrda Renato Saudiya Arabistoni Professional Ligasi vakili Al-Batin bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Yuventuda
2022-yilning 28-iyulida Renato “Yuventuda”ga erkin agent sifatida kelib qoʻshildi.
Karyera statistikasi
2021-yil 27-iyun holatiga ko'ra[18]
Titullari
Korintians
Manbalar
Havolalar
Andoza:Esporte Clube Juventude squad
uz.wikipedia.org