Renat Sabirov




Renat Sobirov  — oʻzbekistonlik sobiq qoʻshiqchi, bastakor, multiinstrumentalist, aranjirovkachi va ovoz rejissori. Kelajak Records Pro studiyasi hamda oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan. 2021-yil musiqachilik faoliyatini toʻxtatib, AQShga oilasi bilan koʻchib ketgan.

Sobirov 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan va uning studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida Sobirov DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullangan. Karyerasi davomida bir necha singl va bir albom – „Yomgʻirlar“ (2019) albomini chiqargan. Sobirov turli musiqa asboblarini mahorat bilan chaladi.

Hayoti



Renat Sobirov 1986-yil Xorazm viloyatida joylashgan Gurlan tumanining markazi boʻlimsh Gurlan shaharchasida tugʻilgan. 1997-yil Urganch shahriga koʻchib borgan. 2004-yil Urganchdagi 1-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 2005—2009-yillar orasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi boʻlimda iqtisod sohasida tahsil olgan.

Ijodi




Renat Sobirov 1996-yildan beri musiqa bilan shugʻullanib keladi. U 2005-yil taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqovga shogirdlikka tushgan. Sobirov Sodiqov studiyasida aranjirovka va ovoz yozish ishlarida qatnashgan. Oʻz faoliyati davomida DJ Piligrim va Ulugʻbek Rahmatullayev kabi qoʻshiqchilarning ovoz yozish loyihalarida ham qatnashgan. „Bolalar“ guruhi „Yalla“ guruhi bilan Dubayda oʻtkazgan konsertda ham qatnashgan.

Sobirov bastakorlik va qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullanadi. Shu kungacha bir necha singl chiqargan. U akustik gitara, bas gitara, dovul, elektrogitara va sintezator kabi koʻpgina asbobni mahorat bilan chaladi. Sobirov Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhining barcha qoʻshiqlarini ijro eta oladi.

Sobirov2021-yilga qadar Toshkentda Kelajak Recrods Pro studiyasiga rahbarlik qilgan. Bundan avval oʻzi asos solgan Gamma Records ovoz yozish studiyasini boshqargan. 2014-yil Tohir Sodiqov Renat Sobirov yozgan „Adashdim“ deb nomlangan qoʻshiqni ijro etgan. 2018-yilda esa ikki qoʻshiqchining „Yomgʻirlar“ ashulasi eʼlon qilindi. 2019-yil Sobirovning ilk albomi – „Yomgʻirlar“ eʼlon qilindi. 2021-yil Sobirov faoliyatini toʻxtatib, AQShga koʻchib ketgan.

Diskografiyasi



Albomlari




Singllari




Kliplari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz